Vali Qalandar
Vali Qalandar (15-asr) – Fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning Abulqosim Bobur xizmatida boʻlgani, betakalluf, qoʻrqmas va behayo kishi ekani, soʻzamol notiqlar orasida saviyasiz sheʼrlari bilan tanilganini taʼkidlaydi. Alisher Navoiyning maʼlumot berishicha, Pir Budogʻ Hiriy shoirlarni Sherozga olib borganida, Vali Qalandar ham ular safida boʻlgan. “Majolis un-nafois”da Navoiy “yaxshi voqeʼ boʻlubtur”, deb uning bir baytini keltiradi.
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |