Vali Xozin (xazinachi)- Boburga sadoqat bilan xizmat qilgan beklardan biri.

Xizmatlari

tahrir

Avval xazinachilik qilgan. Keyinchalik beklik rutbasiga erishgan va Boburning ishonchli qoʻshin boshliqlaridan biri boʻlgan. Vali Xozin Buburning harbiy yurishlari va janglarida ishtirok etgan. 1507-yil Qandaxor jangida qatnashib, ichki sifatida gʻulda Boburning soʻl qoʻlida turgan. Aymoq va garrak qabilalarini boʻysundirishda ham ishtirok etgan. Vali Xozin Bobur armiyasida birinchilardan boʻlib yangi qurollarni oʻzlashtirgan. Jumladan, Bajavr viloyatiga qilingan yurish paytida Vali Xozin ikki dushmanni toʻfang bilan otib oʻldirgan. Panipat va Kanva janglarida faol ishtirok etgan.

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2014-yil — 200-bet.