Valid bin Abdulloh Saqqo (vaf. 366 h.q./977 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Zunnun Misriy bilan suhbatda boʻlgan. U faqr tushunchasiga shunday taʼrif beradi: “faqr ismi shunday kishigagina nisbat berilurkim, Haq taoloning yodidan oʻzga narsa xotirida boʻlmagay.” Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.