Abdulhay Qosimovich Valiyev (1929.7.5, Toshkent) — faylasuf olim, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1981), falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969). Oʻrta Osiyo davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan (1952). Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Falsafa va hukuq institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (19591968), boʻlim mudiri (1973-yildan). 1968— 73 yillarda Oʻzbek sovet ensiklopediyasi (OʻzSE) Bosh muharririning oʻrinbosari. Ilmiy ishlari Turkiston, xususan Oʻzbekiston ziyolilarining oʻtmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va maʼnaviyatiga qoʻshgan buyuk hissasiga bagʻishlangan. Ayni paytda Oʻzbekiston ijtimoiy hayotidagi tub oʻzgarishlar, yangi ijtimoiy tabaqalarning shakllanishini tadqiq qilmoqda. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil