Vanessa Ponce
Silvia Vanessa Ponce de Leon Sanches (ispancha: Silvia Vanessa Ponce de León Sánchez) - Vanessa Poncetalaffuzi: Vanessa Pons nomi bilan mashhur bo'lib, model va go'zallik malikasi. “Dunyo goʻzali-2018 ” tanlovining gʻolibi.[1] “Dunyo goʻzali” tojini qo'lga kiritgan birinchi meksikalik.[2]
Silvia Vanessa Ponce de León Sánchez | |
---|---|
[[Fayl:|200px|alt=]] | |
Tavalludi |
1997-yil 7-mart Meksika, Ciudad de México |
Fuqaroligi | Meksika |
Boʻyi | 174 sm |
Biografiyasi
tahrirVanessa Ponce Meksikaning Syudad de Mexiko shahrida tug'ilgan. O'n yil davomida Meksikaning Aguaskalientes shahrida yashadi, shuningdek, Guanaxuato shtatida besh yil davomida yashadi va u yerda oliy ma'lumotni tamomladi. U Guanaxuato universitetida xalqaro savdo ishi boʻyicha tahsil olgan va xalqaro biznes boʻyicha diplomga ega bo'lgan. Universitetdagi o'qishidan so'ng Vanessa Ponce o'z shahriga qaytib keldi va u yerda qizlar va ayollar uchun reabilitatsiya markazi direktorlar kengashiga ishga olinadi.
Vanessa Ponce turli ijtimoiy sohalar bilan shug'ullanadigan bir qator notijorat fondlarni qo'llab-quvvatlaydi. U migrantlarga yordam beradigan “Migrants on the Road” tashkilotida valantyori hisoblanadi.
“Dunyo goʻzali 2018” toj kiyish marosimida u Meksikaning Gerrero shtatidan Guanaxuato (Meksika) shtatiga koʻchib kelgan mahalliy ishchilarning farzandlariga yordam berishga qaratilgan “Na Vili” loyihasini reklama qilib o'tadi. U shuningdek, xalqlari o'rtasida ta'limni tadbiq etish bilan shug'ullanadigan Nenemi nomli maktabda ishlaydi.
Go'zallik tanlovi
tahrirMeksikaning navbatdagi top modeli (5-mavsum)
2014-yilda Ponse "Mexico's Next Top Model" teleko'rsatuvining beshinchi mavsumida ishtirok etgan va u yerda Meksikaning Guanaxuato shtatidagi Leon shahridan kelgan vakil bo'lib qatnashdi. U ushbu tanlovda g'olib bo'ldi.
Miss Meksika 2018
U keyinchalik " Miss Mexico City 2017 " tanlovining g'olibi bo'ldi. Keyin esa Vanessa "Miss Mexico 2018" milliy tanlovida g'olib chiqdi va "Dunyo go'zali-2018" tanlovida Meksikadan nomzod sifatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Dunyo go'zali 2018
Vanessa Ponce "Dunyo go'zali " xalqaro go'zallik tanlovida Meksika nomidan qatnashdi va u "Dunyo go'zali-2018 " g'olibligini qo'lga kiritdi. Tanlov 2018-yilning 8-dekabr kuni Xitoyning Sanya shahrida boʻlib oʻtdi.[3] Unga tojni 2017-yilgi “Dunyo goʻzali” hindistonlik Manushi Chxillar kiydirib qo'ygan.[4]
Vanessa Ponce hozirda oldingi tanlovlarda g'olib bo'lgan malikalarning eng keksa "Dunyo go'zali " hisoblanadi. U 26 yoshu 276 kunligida “Dunyo goʻzali ” boʻldi. Avvalgi rekord 1989-yilda polshalik Agneta Kreglichkaga tegishli bo'lib 24 yoshu 244 kunligida tojni qo'lga kiritgan edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Vanessa Ponce de Leon“. www.pageantplanet.com.
- ↑ Rappler.com. „Mexico's Vanessa Ponce de Leon is Miss World 2018“. Rappler. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ „Ванесса Понсе из Мексики победила на "Мисс мира-2018"“ (ru). ru.hellomagazine.com. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
- ↑ „"Мисс Мира-2017" стала 20-летняя индианка“ (ru). Российская газета. Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.