Varvara Nikolayevna Naumova (1907-yil, Sankt-Peterburg – 1941-yil dekabr, Leningrad) — sovet davri shoirasi va tarjimon.

Varvara Naumova
Tavalludi 1907-yil
Vafoti 1941-yil
Leningrad
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1920-1941

Biografiyasi

tahrir

Varvara Nikolayevna 1907-yilda Sankt-Peterburgda tugʻilgan. Leningrad universitetini tamomlagan, „Literaturnaya uchyoba“ va „Zvezda“ jurnallarida ishlagan. 1920-yillardan boshlab sheʼriyatda oʻzini sinab koʻrgan va 1932-yilda Aleksandr Prokofev muharrirlik qilgan „Chertyoj“ sheʼriy toʻplamini nashr ettiran[1][2].

Shundan soʻng koʻp oʻtmay Varvara Naumova geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi tarkibida uzoq shimolga joʻnab ketadi. Ikki yil davomida Tiksida ishlagandan soʻng, qaytib kelib Shimoliy xalqlar institutiga ishga kiradi. Shoira sheʼriy faoliyatini davom ettirib, „Vesna v Tiksi“ sheʼrlarini yozadi, evenk shoirlarining asarlarini oʻz ona tiliga tarjima qiladi va bu tarjimalar „Solnse nad chumom“ hamda „Sever poet“ toʻplamlarida nashr etiladi. Yangi sheʼrlari „Leningrad“, „Zvezda“, „Literaturniy sovremennik“ jurnallarida chop etilgan. Shoira ikkinchi sheʼriy toʻplamini tayyorlay boshlaydi[3][4], ammo rejalar Ulugʻ Vatan urushining boshlanishi bilan toʻxtatilishga majbur boʻladi. Koʻpchilik leningradliklar singari Varvara Naumova ham qadrdon shahri atrofida mudofaa istehkomlari qurishga kirishadi. Qish kelishi bilan ocharchilik boshlanadi. 1941-yil oxirida shoira vafot etadi[5][6].

Varvaraning „Vesna v Tiksi“ sheʼriy toʻplami vafotidan 20 yil oʻtgandan soʻng, yaʼni 1961-yilda doʻstlarining saʼy-harakatlari tufayli nashr etilgan[7][8].

Varvara Naumovaning sheʼrlari Ulugʻ Vatan urushi yillarida halok boʻlgan mualliflarning sheʼriy toʻplamlarida bir necha bor nashr etilgan. Uning ijodi 1965-yilda „Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan sovet shoirlari“ toʻplami – „Pobeda“ asari. Urush yillaridagi sheʼrlari esa „1941—1945“ toʻplamiga kiritilgan va 1985-yilda nashr etilgan[9][10].

Asarlari

tahrir
  • „Chertyoj“ (1932) sheʼrlar toʻplami
  • „Vesna v Tiksi“ (1935)
  • „Vesna v Tiksi“ (1961) sheʼrlar toʻplami
  • „Ulgarrikon i Gekdalukkon“ poema, evenk tilidan tarjima
  • Sulakichan (1940) – Grigoriy Chinkovning ertagi (1915—1960-yillar), evenk tilidan tarjima qilingan[11]
  • Yoz“ (1941)
  • Yana yoz“ (1941)

Manbalar

tahrir
  1. „Войной расстрелянные строки. Варвара Наумова“. Журнал Лексикон. Май 2010. Номер 50. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  2. . 
  3. „Войной расстрелянные строки. Варвара Наумова“. Журнал Лексикон. Май 2010. Номер 50. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  4. . 
  5. „Войной расстрелянные строки. Варвара Наумова“. Журнал Лексикон. Май 2010. Номер 50. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  6. . 
  7. „Войной расстрелянные строки. Варвара Наумова“. Журнал Лексикон. Май 2010. Номер 50. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  8. . 
  9. . 
  10. . 
  11. Чинков Г.. Сулакичан: эвенкийская сказка, 50000 экз, М., Л.: Издательство детской литературы, 1940.