Vasiliy Semyonovich Kan (1904-yil 26-may, Yuqori Sidimi qishlogʻi, Adimin volosti, Posyetskiy uezdi, Janubiy Ussuriysk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi – 1969-yil 25-may, Taldiqoʻrgʻan, Qozogʻiston SSR) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Dmitrov nomidagi kolxoz raisi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Vasiliy Semyonovich Kan
Tavalludi 26-may 1904-yil
Yuqori Sidimi qishlogʻi, Adimin volosti, Posyetskiy uezdi, Janubiy Ussuriysk oʻlkasi, Rossiya imperiyasi 
Vafoti 25-may 1969-yil(1969-05-25)
(64 yoshda)
Taldiqoʻrgʻan, Qozogʻiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Qiziloʻrda qishloq xoʻjaligi texnikumi
Kasbi kolxoz raisi, agronom
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

1904-yilda Janubiy Ussuriysk oʻlkasining Posyetskiy uezdi (hozirgi Xasan tumani) Yuqori Sidimi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys[1]. 1918-yilda Posyetskiy uezdi Razdolninskiy volostining Barabash qishlogʻidagi cherkov maktabining beshta sinfini tamomlagan. 1924-yilgacha uy xoʻjaligida mehnat qilgan. 1924-yildan – Yuqori Sidimi qishlogʻidagi umumiy doʻkonda sotuvchi. 1927—1932-yillarda – kassir, Barabash qishlogʻidagi Lespromxoz ombori mudiri. 1933-yilgacha Vladivostokdagi mintaqaviy ijtimoiy taʼminot oshxonasining boshligʻi boʻlgan. 1933-yildan 1937-yilgacha – Spassk-Dalniy qishlogʻidagi doʻkon mudiri[2].

1937-yilda Qozogʻiston SSRga deportatsiya qilinadi[1]. 1938—1941-yillarda Qiziloʻrdadagi rezina zavodi qurilishida ishlagan. 1941-yildan boshlab Oʻzbekistonda istiqomat qilgan. 1942—1955-yillarda – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomli (keyinchalik Dimitrov nomidagi) kolxozda oddiy kolxozchi, kolxoz mudiri[2].

1950-yilda Vasiliy Kanning boʻlimi 12,4 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 98,8 sentnerdan yashil kanop poyasi yetishtirildi[2]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan[3].

1955-yildan 1957-yilgacha Toshkent viloyatining Sirdaryo tumanidagi Xrushchyov nomidagi kolxozning oddiy ishchisi. 1957—1966-yillarda Quyi Chirchiq tumani Dimitrov nomidagi kolxozning oddiy ishchisi. 1966-yilda Olmaota viloyatining Qoratol tumani „Bolshevik“ kolxozida, 1967-yildan boshlab Fargʻona viloyatining „Pobeda“ kolxozida mehnat qilgan.

Nafaqaga chiqqach, Taldiqoʻrgʻan shahrida yashagan va 1969-yil shu shaharda vafot etgan[1].


Olgan mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
  • Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
  • Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
  • Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Кан, Василий Семёнович“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 German Kim, Video-Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo truda Kan Vasiliy Semenovich
  3. Шин Д. В.. Советские корейцы Герои Социалистического труда. Olmaota: Service Press, 2019. 

Havolalar

tahrir