Vasily Alexandrovich Podkolzin (talaffuzi: Vasiliy Aleksandrovich Podkolzin) (ruscha: Василий Александрович Подколзин) (2001-yil 24-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Vasily Podkolzin hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „Abbotsford Canucks“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Vasily Podkolzin 2019-yilgi NHLga kirish loyihasida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga oʻninchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Vasily Podkolzin
Podkolzin Vancouver Canucks klubida 2021-yil
Tugʻilgan joyi 24-iyun 2001-yil (2001-06-24) (22 yosh)
Moskva, Rossiya
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL (P)
Cur. team
Sobiq jamoalar
Vancouver Canucks
Abbotsford Canucks (AHL)
SKA Saint Petersburg
NHLga kirish drafti 10-oʻrindagi tanlov, 2019
Vancouver Canucks
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Vasily Podkolzin 12 yoshigacha qadar „Belye Medvedi“ xokkey klubida oʻynagan[1]. Shundan soʻng, Vasily Podkolzin 2018-yilda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safiga oʻtishga qaror qildi[1].

2018-yil 12-noyabr kuni Vasily Podkolzin „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi tarkibida Kontinental xokkey ligasida (KHL) ilk oʻyinini oʻtkazdi[2].

NHL Markaziy skautlar byurosi tomonidan ikkinchi eng yaxshi xalqaro (Shimoliy Amerikadan tashqarida oʻynaydigan) xokkeychi sifatida baholangan Vasily Podkolzin 2019-yilgi NHL kirish loyihasidaVancouver Canucks“ xokkey klubi safiga oʻninchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[3]. „SKA Saint Petersburgh“ xokkey klubi bilan yana ikki mavsum uchun shartnomasi borligi sababli, Vasily Podkolzin NHLga oʻtishdan oldin Rossiyada qoldi[4].

2021-yil 30-mayda Vasily Podkolzin „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi[5]. Vasily Podkolzin NHLdagi birinchi golini 15-oktyabr kuni „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

2018-yilda Vasily Podkolzin Rossiya milliy xokkey terma jamoasi safida Hlinka Gretzky kubogi doirasidagi oʻyinlarda maydonga tushdi. Yakunda terma jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Qoʻshma Shtatlarga qarshi bronza medali uchun oʻyinda Rossiya terma jamoasi 5:4 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Vasily Podkolzin xet-trik qayd etdi[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2016—2017 Vityaz Podolsk RUS-U16 29 16 23 39 45
2017—2018 Vityaz Podolsk RUS-U17 21 13 17 30 20
2018—2019 SKA Saint Petersburg KHL 3 0 0 0 0
2018—2019 SKA-Neva VHL 14 2 3 5 4 8 2 1 3 0
2018—2019 SKA-1946 MHL 12 6 2 8 2 3 2 1 3 0
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 30 2 6 8 7 4 1 2 3 0
2019—2020 SKA-Neva VHL 16 3 5 8 6 1 0 0 0 0
2019—2020 SKA-1946 MHL 2 0 4 4 6
2020—2021 SKA Saint Petersburg KHL 35 5 6 11 15 16 6 5 11 6
2020—2021 SKA-Neva VHL 1 0 1 1 0
2021—2022 Vancouver Canucks NHL 79 14 12 26 26
2021—2022 Abbotsford Canucks AHL 2 1 1 2 0
KHL jami 68 7 12 19 22 20 7 7 14 6
NHL jami 79 14 12 26 26

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2017 Rossiya U17 5 1 5 6 10
2018 Rossiya WJC18 4 2 2 4 0
2018 Rossiya HG18 5 8 3 11 8
2019 Rossiya WJC 7 0 3 3 4
2020 Rossiya WJC 7 1 4 5 8
2021 Rossiya WJC 7 2 2 4 8
Jami 35 14 19 33 38

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Belousov. „История нового русского суперталанта. Он не захотел ехать в Канаду и перешел в СКА“. Sport-express.ru (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  2. Seren Rosso. „Vasily Podkozlin: A Star in the Making“. KHL.ru (2019-yil 20-iyun). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  3. Biech. „Deep Dive: Vasily Podkolzin“. NHL.com (2019-yil 21-iyun). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  4. Kimelman. „Podkolzin preaches patience for NHL arrival ahead of 2019 Draft“. NHL.com (2019-yil 14-iyun). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.
  5. „Canucks sign Vasily Podkolzin“. Vancouver Canucks (2021-yil 30-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  6. Kuzma, Ben. „Canucks had options, but were always sold on Russian Vasili Podkolzin“. The Province (2019-yil 22-iyun). Qaraldi: 2019-yil 28-iyun.