"VATANPARVAR" - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy matbuot nashri. 1992-yil 24 iyundan chiqa boshlagan. Haftada 1 marta oʻzbek va rus tillarida chiqadi. Sahifalarida Oʻzbekiston ichki va tashqi siyosati, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jahonda yuz berayotgan voqeahodisalar, tarix, maʼnaviyat, malaniyat, fan-texnika, xorij qurolli kuchlariga oid keng qamrovli maʼlumotlar muntazam yoritilib boriladi. Adadi 32000 (2022).