Vayslakker (nemischa: Weisslacker) — Germaniya va AQShning Viskonsin shtatida ishlab chiqarilgan sigir sutidan tayyorlangan nemis yarim yumshoq pishlogʻi. Oʻtkir va shoʻr taʼmga ega. Yetti oy davomida tayyor boʻladi Kuchli va oʻtkir hidga ega. Bu boshqa nemis pishlogʻi Limburgerga juda oʻxshaydi. Ushbu pishloqning shinavandalari uni pivo bilan birga (koʻpincha uni pivoga botirib) isteʼmol qilishadi. Shu sababli, u „pivoli pishloq“ nomini ham olgan[1]. Vayslakker koʻpincha nozik boʻlaklarga boʻlinib, javdar noni va tugʻralgan piyoz bilan birga tortiladi[2].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Semi-Firm Cheeses. Cook’s Thesaurus.
  2. Review of Weisslacker. The Nibble.

Adabiyotlar tahrir

  • Charles Sinclair. Weisslacker // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 612—613. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.