Veda adabiyoti haqida
Veda adabiyoti.
tahrirVedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Ular turli tarixiy bosqichlardagi matnlarni o‘zida jamlagan (hind tarixchilaridan A.Ch.Banerji va N.K.Sinxa Veda adabiyotining milod dan avvalgi 2500 yildan 500 yillargacha yaratilganligini ta’kid lashgan). Hozir ham hindlar tug‘ilish, o‘lish yoki nikox to‘yi munosabati bilan diniy marosimlarni qadimgi veda urf-odatlari bo‘yicha o‘tkazishadi. Braxmanlarning har kuni uch mahal qiladigan toat-ibodatlari ikki yoki uch ming yil ilgari yaratilgan vedalardan kelib chiqqan. Vedalar davridan keyin rivojlangan sanskrit adabiyotining katta qismi vedalarga tayanadi. Hind falsafiy tizimlarining negizida Vedalar ta’limoti yotadi. Hindlarning an’anaviy huquqiy munosabat-lari, xo‘jalik va diniy urf-odatlari va marosimlari bugungi kungacha vedalarga asoslangan holda kelmoqda.
Veda adabiyotining tarkibiga to‘rt toifadagi asarlar kiradi: Samxitlar, ya’ni madhiyalar, toat ibodatlar, qurbonliklar qilish duolari va boshqalar. Vedalarning to‘rtta to‘plami mavjud: 1. Rigveda (mad hiyalar devoni) eng qadimgi va eng muhim to‘plamdir. Ular miloddan avvalgi XI-X asrlarga tegishlidir. U 1028 madhiyadan (sukt) iboratdir. Ba’zi madhiyalar qadimdan marosim duolari sifatida xizmat qilgan, ammo boshqacha marosimlar ham bor. Bular samoviy va to‘y madhiyalaridir.
Ikkinchi madhiyalar to‘plami Atxarvavedadir. Hozirgi kunda u 731 madhiyadan iborat va 20 kitobga bo‘lingan. Bu acap Rigvedaga qaraganda keyinroq yaratilgan va son-sanoqsiz ruhlar, jinlar va sehrli kuchlarga e’tiqod haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Olim larning fikricha, u etnografiya va din tarixi uchun ham juda katta ahamiyat kasb etadi.
Uchunchi to‘plam – Samaveda (ashulalar devoni)dir. U 1549 madhiyadan iborat. Bu madhiyalar qurbonlik qilish marosimida aytilgan.
To‘rtinchi to‘plam - Yajurveda (qurbonlik va xayr-ehsonga te gishli tilovatlar devoni). U qisman madhiyalar va nasriy parcha (jur)lardan iborat.
Braxmanlar yoki nasriy matnlar.
tahrirBraxmanlar yoki nasriy matnlar urf-odatlar va qurbonlik marosimlariga oid duolardan iborat. Rigvedaga oidlik braxmanlardan Aytaree braxman va Kashutaki braxman alohida ahamiyat kasb etadi.
Aranyaklar yoki o‘rmon kitoblari.
tahrirBular shunchalik muqaddas hisoblanganki, ularni faqat o‘pmonda (aranya) o‘qishga ruxsat beril gan. Ularda falsafiy mulohazalar, majoziy marosimlar va saxiylarning sirlaridan bahs etiladi. Aranya o‘rmonda hayot kechirayotgan zohidlar uchun yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu acaplarda qurbonlik keltirish marosimlari asta-sekin keyingi o‘ringa o‘tib, ularning o‘rnini haqiqat va tabiat haqida falsafiy mulohaza va tafakkurlar egallagan.
Upanishadlar va ularning ta’limoti. Veda adabiyotining xotima qismi upanishadlar, ya’ni veda rivoyatlari va marosimlaridagi har xil falsafiy va diniy-falsafiy sharhlarni jamlovchi matnlar yig‘indisidir. Upanishadlar «vedanta» - vedalarning nihoyasi deb atalgan. Taxminlarga ko‘ra, 108 upanishadlar bo‘lib, ularning eng qadimgisi miloddan avvalgi VII-IV asrlarda yaratilgan 13 matn asosiy hisoblangan.
Upanishadlar keyinchalik jaynizm va buddizmda ham o‘z ifo dasini topgan karma aqidasini shakllantirgan.
tahrirBunga ko‘ra dunyodagi barcha narsalar axloq qonuniga itoat etadi. Har bir narsaning joni bor, bu jon tug‘iladi va vaqti kelib o‘ladi, so‘ng jon tiriklik paytida qilgan yaxshi va yomon amallariga yarasha boshqa bir shaklda qayta na moyon bo‘ladi. Odam tiriklik paytida yaxshi xulq-atvorga zid xatti-harakat qilgan bo‘lsa, keyin biror jonivor, o‘simlik yoki tosh ko‘ri nishida qaytadan tug‘iladi, ammo ezgu ishlar, xushfe’lligi bilan u yana inson qiyofasiga qaytishi ham mumkin. Jon jannat quvonchlaridan bahramand bo‘lishi yoki do‘zax qa’riga tashlanishi mumkin. Upa nishadlarda karma haqidagi ta’limot - sansar, ya’ni falak gardishi singari hayotning hamisha aylanib turishi haqidagi fikr bilan bog‘liq. Shu ikki tushuncha, ya’ni karma bilan sansar Hindistondagi ko‘pgina diniy-falsafiy tizimlarning tarkibiy qismiga kirgan. Jumladan, upa nishadlardagi ba’zi qarashlar keyinchalik buddizm va jaynizmda ham o‘z ifodasini topgan.
Shuni ta’kidlash joizki, birorta xalq qadimgi hindlar singari ibtidoiy jamoa davridan to sivilizatsiya davrigacha vedalarga o‘xshash ko‘p yodgorliklar qoldirgan emas. To‘rt ming yildan ortiq davr ichida vedalarni braxmanlarning yuzlab avlodlari o‘z xotiralarida saqlab kelishgan va nihoyat yozma ravishda tarix uchun yodgorlik sifatida qoldirishgan.
Hindshunos olim V.G.Erman “Veda adabiyoti tarixi ocherklari” da vedalarning ustozdan shogirdga og‘zaki ravishda o‘tganligini ta’kidlaydi. Darvoqe, Hindistonda hozirgacha vedalarni yoddan bilish odati saqlanib qolgan.
Epik adabiyot.
tahrirQadimgi Hindistonning eng katta epik dostonlari «Maxabxarat» bilan «Ramayana» miloddan avvalgi I ming yillik oxiri-milodiy I asrda shakllangan. «Maxabxarat»da pandaviylar bilan kuraviylar o‘rtasida Kurukshetra maydonida 18 kun davom etgan jang haqida hikoya qilinadi. “Ramayana”da yovuz jin - Ravan tomonidan Lanka oroliga zo‘ravonlik bilan olib ketilgan podsho Ramniig sev gilisi Sitani qutqarish uchun Ramni shu orolga qilgan yurishi to‘g‘ risida so‘z boradi. Bir qator olimlarning fikricha, “Ramayana”da hinduoriylarning shimoldan uzoq Lanka (hozirgi SHri-Lanka)ga kirib borishi haqidagi tarixiy fakt o‘z ifodasini topgan. Ikkala doston ham yirik asar hisoblanadi: «Maxabxarat» 100 000 bayt (shlok), «Ramayana» esa 24 000 shlokdan iborat.
“Maxabxarat”ning muallifi donishmand Vyase, “Ramayana”ning muallifi esa Valmike ekanligi ta’kidlanadi. Ammo, hozircha olimlar bu ikki shoir hayoti haqida aniq bir ma’lumot keltira olmaganlar. Valmike ham, Vyase ham shunchalik ma’lum va mashhur edilarki, xalq ularning nomlarini asrlar bo‘yi saqlab kelgan. Ikkala asar ham qadimgi Hindistonning o‘ziga xos yodgorligi va ma’naviy qomusidir. Bularda qadimgi Hindistonning siyosiy, madaniy, ijtimoiy hayoti, davlat tuzumi, qadimgi hindlarning kundalik turmushi to‘g‘risida qizi qarli va diqqatga sazovor ma’lumotlar bor. Hindistonning hozirgi hu dudi, shuningdek qadimgi Hindiston hududida bu asarga teng kela digan boshqa asarlar bo‘lmagan. Qadimda ham Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Uzoq va Yaqin Sharqda bu asarlarning ahamiyati beqiyos edi. Ular Yevropa tillariga ham tarjima qilingan. Bu asarlar ko‘plab adabiyot, san’at va bir qancha hind arboblarini shu asarlar mazmuniga hamohang bo‘lgan yangi asarlarni yaratishga ilhomlantirgan.
“Maxabxarat”da hikoya qilingan urush taxminan miloddan avvalgi 1100 yili bo‘lib o‘tgan. So‘nggi vedalar davrida Keru eng buyuk oriy qabilalaridan hisoblangan. Xastinapur va Indraprastxa esa tarixiy sha harlar bo‘lgan. Kosala uzoq vaqt mobaynida qadimgi Hindistonning buyuk davlatlaridan biri sanalgan. «Ramayana»ning syujeti ham olimlar fikricha, tarixiy haqiqatga mos keladi. Faqat Hindistonda emas, butun Sharqda bunchalik keng shuhrat qozongan doston bo‘lmagan. Bu asarlar Sharq va G‘arbda Betxoven, Xeyns, Gandi va Tagor kabi mashhur madaniyat arboblarini o‘ziga maftun qilgan.
Ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi.
tahrirVeda matnlari asosida ve dalar davridagi ilmiy bilimlar rivojlanganligini kuzatish mumkin. Veda ma’lumotlarida matematika ilmining rivojlanishi haqida ma’ lumotlar saqlanib qolgan.
Shulpasutralar, ya’ni o‘lcham qoidalari to‘plami ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Shulpasutralarda turli shakllarning tuzilishi, hisob lash tizimlari haqida bayonlar o‘rin olgan. U davrda tibbiyot ham yuqori darajada rivojlangan. Hindlarning tibbiyot sohasidagi bilimi chuqur bo‘lgan. Har-xil giyohlar, suv, maxsus malhamlar va sehrli duolar yordamida qadimgi hindlar ko‘p kasalliklarni davolaganlar. Ilk veda asarlarida berilgan ma’lumotlarga qaraganda u davrda tabib (bxishaj)lar ko‘p bo‘lgan. "Atxarvaveda"da tibbiyot to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilgan. Qadimgi hindlar kasalliklarni xudoning g‘azab lanishi bilan bog‘lab, insonning xastalikdan sog‘ayib ketishini uning rahmdilligidan deb bilganlar. Qadimgi shifokorlar yurak, oshqozon, ko‘z, teri va o‘pka kasalliklarini bilishgan va tuzatishgan. Matnlarda 300 ga yaqin odam tanasi a’zolari haqida ma’lumotlar qayd etilgan.
Vedalar davridagi hindlar astronomiyani ham yaxshi bilganlar.
Ular nafaqat Quyosh bilan Oy, balki sayyoralar va yulduzlarni ham yaxshi o‘rganishgan. Qadimgi hindlar taqvim - kalendarlar ham tuz ganlar. Mazkur taqvimda bir yil 12 oy, bir oy 30 kunga bo‘lingan.
Uzoq vaqt davomida olimlar “oriy muammosi”ning turli masa lalari bo‘yicha bahs olib bormoqdalar. Ular hind-oriy qabilalari qachon, qaerdan va qanday yo‘l bilan Hindistonga kelganligiga oy dinlik kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishgan. Hozirda ham oriylarning vatani haqidagi masala bahsli muammolardan bo‘lib kel moqda. Hind-oriylarni Hindistonga kirib kelishini ba’zi olimlar qoloq tub aholini taraqqiyotning yuqori darajasida turgan oriylar tomonidan zabt etilganligidan deb tushunadilar. Oriylar Hindistonga madaniyat (tamaddun) olib kelishgan va rivojlangan jamiyatni shakllantirganlar. Irqiy nazariya tarafdorlari bu muammoga irqiy farqni ham kiritib, bunda ular Hindiston xalqlari va irqiy jihatdan to‘laqonli bo‘lgan oriylar o‘rtasida farq borligini ta’kidlab, tub aholi mustaqil rivoj lanishining imkoniyatini inkor etganlar. Mazkur ilmga qarshi ishlab chiqilgan nazariyalar tufayli Hindistonga oriylar kirib kelganida sinfiy jamiyat paydo bo‘lib, davlat tashkil topganligi ta’kidlanadi.
Rivojlangan tamaddunning Hind vodiysida kashf etilishi ko‘plab olimlarni o‘z nuqtai nazarlarini qayta ko‘rib chiqishga majburlagan, biroq bu nazariyaning “izlari” hozirgacha ham saqlanib qolgan.
Hind vodiysida rivojlangan tamaddunning kashf etilishi aksariyat olimlarning o‘z nuqtai nazarlarini o‘zgartirishga olib keldi, biroq bu “nazariyachilar”ning ta’siri hozirda ham sezilmoqda. Faqat qadimgi eronlik va qadimgi hind va hind-oriylarning o‘zini oriylarga mansub deb topish mumkin: ular o‘zlarini oriy deb nomlab, yashagan hududlarini “oriylar mamlakati” deb atashgan. “Oriy” so‘zining o‘zi “achua” (ari) so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, bu so‘z vedalar davrida “o‘zga yurtlik”, “o‘zga inson” ma’nosini anglatgan, oriy esa “o‘zga yurtliklar bilan bog‘liq, ular bilan yaxshi munosabatda”, keyinchalik esa “kelib chiqishi oliyjanob bo‘lgan inson” ma’nolarini anglatgan. Afsuski, hozirgacha ham Hindistonning qaysi hududida hind-oriylar ilk bor paydo bo‘lganligi haqidagi savolga javob topa olishmayapti.
Ayrim olimlarning fikriga qaraganda, ular Erondan, ba’zilari esa ularning Shimoliy Belujiston va Afg‘onistondan kelganligini ta’kid lashadi. Ikkinchi nuqtai nazar to‘g‘riroqqa o‘xshaydi, hind-oriylarning yozma matnlariga ko‘ra ularning Sharqiy Panjob va Gang daryosining yuqorisida istiqomat qilganliklari aytiladi. Bu hind-oriy qabilalarining Xarappa tamaddunining bosh shaharlari bilan hududiy jihatdan bog‘liq emasligidan dalolat beradi, xronologiya ma’lumotlari esa Hindistondagi markazlarning barbod bo‘lishi va Hindistonga hind-oriylarning kirib kelishi o‘rtasidagi vaqtda uzilish yuz berganligidan darak beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Xarappa markazlarining barbod bo‘lishi mil.avv. XIX-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi, hind-oriylarning kirib kelishi esa ancha keyin yuz bergan.
Aksariyat zamonaviy olimlarning fikricha, Hind-oriylarning eng qadimgi “rigveda” yodgorligi mil.avv. XI-X asrga mansub (bunda madhiyalarni yagona to‘plamga birlashishi nazarda tutiladi). Veda matnlari va ba’zi arxeologik materiallar oriy qabilalarining Sharqqa kelishi hamda Gang vodiysini o‘zlashtirishi haqida ma’lumot beradi. Bu bir necha asr mobaynida kechgan uzoq muddatli jarayon edi. U davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lgan. Bundan tashqari oriy qabilalari ham o‘zaro urushlar olib borganlar.
Veda davri aholisining asosiy mashg‘uloti ziroatchilik va chorvachilik bo‘lgan. Ziroatchilikning rivojlanishi aholini o‘troq hayot tarziga o‘tishiga temirning paydo bo‘lishi, uni ishlab chiqarish faoliyatining turli sohalarida xom ashyo sifatida qo‘llanilishi sabab bo‘lgan. Qazish ishlari natijalariga ko‘ra, temir Shimoliy Hindistonda mil.avv. XI asrda ma’lum bo‘lgan, biroq u keyinchalik keng tarqalgan. “Rigveda” ijodkorlarining temirni yaxshi bilishgani taxmin qilinadi. Biroq olimlar orasida ham o‘sha davrda temirni bir atama sifatida tavsiflash masalasida bahslar davom etmoqda.
Veda qabilalari kichik, mustahkam qishloqlarda yashaganlar. Bu qishloqlar Gang vodiysidagi arxeologik qazish ishlariga muvofiq Xarappa tamaddunining yirik shaharlariga o‘xshamagan. Aniqki, “rigveda” madhiyalarida nomi zikr etilgan bu shahar, ya’ni “puralar” kichik yog‘och, loy va toshdan qurilgan mustahkam qishloq mar kazlari bo‘lgan. Lekin inshootlarning barchasi ham mustahkam bo‘l magan bo‘lsa kerak, chunki madhiyalarda tez-tez puralarning oson ishg‘ol qilinganligi haqida so‘z yuritiladi. Kaushambida hind olimlari olib borgan qazish ishlari shuni ko‘rsatadiki, Xarappa shaharlarining qurilish tajribalari va an’analari Sharqiy Hindiston Veda qabilalariga ma’lum bo‘lgan, ammo ular bu qurilish san’atiga ta’sir o‘tkazmaganlar.
Qazish natijalariga ko‘ra, Gang vodiysida shaharlarning o‘sishi kasb-hunarning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Veda jamiyatida mulkiy tengsizlik bo‘lib, chorvaning aksariyat qismiga egalik qilgan boy qatlam bilan qashshoq va kambag‘al qatlam alohida ajralib turgan. Matnlarda boylar va kambag‘allar, boylarning katta qurbonliklari va shohona hadyalari, oddiy qishloq aholisining kamtarona qurbonliklari haqida so‘z yuritiladi. “Rigveda”dayoq chor vaga tamg‘a qo‘yishdan so‘z yuritiladi. Bu esa chorva kimga tegishli ekanligini ko‘rsatish uchun qilingan. Quldorlikning paydo bo‘lishi mulkiy va ijtimoiy tengsizlikning ko‘rsatgichidir. Dastlab harbiy asir lar qul, ya’ni dasa (dastlab “dasyu” va “dasa”-dushman ma’nosini anglatgan)larga aylantirilgan. Keyinchalik esa, shu jamoaning a’zolari ham qulga aylantirilgan.
Ijtimoiy va mulkiy tengsizlikning rivojlanishi varna-qatlam larining paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Olimlar kasta va kasta tizimining paydo bo‘lishini, odatda, Hindiston bilan bog‘laydilar, ammo bu tasavvur tarix va etnografiya ma’lumotlariga muvofiq kelmaydi.
Kastaning alohida belgilari va kasta tashkilotining ba’zi unsurlari ko‘plab xalqlarda mavjud. Hindiston esa hind jamiyatining o‘ziga xos sharoitida eng yuqori darajada shakllangan kasta tizimi rivojining yorqin misolidir.
Portugal tilida “kasta” so‘zining ma’nosi “tur, sifatdir”; bu so‘z yevropa tillariga hind jamiyatining yopiq guruhlarini nomlash uchun portugallar tomonidan XVI asrda Hindistonga kirib kelib hind ijtimoiy kastalari bilan tanishganlaridan so‘ng kirib keldi. Hindistonning o‘zida bu guruhlar “joti” sanskrit atamasi bilan ataladi. Joti bilan bir qatorda qadimgi hind jamiyatida varnalar mavjud bo‘lgan, bu qatlamlarning qadimgi instituti sinfiylikdan oldingi jamiyatda paydo bo‘lgan, keyin esa sinfiy jamiyatda mustahkamlangan va ilohiylashtirilgan. Asta-sekin varna qatlamlari (braxman, kshatriy, vayshiya, shudra) tobora yopiq bo‘lib, o‘z shakliga ko‘ra kastani eslatdilar, bu esa varnalarni kichikroq bo‘lgan kasta atamasi bilan belgilanishiga olib keldi.
Varnalarning kelib chiqishi masalasi ancha murakkab masla. Biroq varna qatlamlarini paydo bo‘lishini ibtidoiy jamoa tuzil masining yo‘q bo‘lishi va ijtimoiy hamda mulkiy tengsizlikning rivojlanishi bilan bog‘lash to‘g‘ridir. Harbiy zodagonlar kshatriy varnasini tashkil qilgan bo‘lsalar, kohinlar braxman varnasini, jamoaning erkin a’zolari vayshiya varnasini tashkil qilishgan. Keyinchalik esa, ijtimoiy ierarxiyada eng past holatni egallagan shudralar varnasi shakllandi.
Odatda, kshatriy varnasi vakillari podshoh bo‘lishgan. kshatriylar davlat boshqaruvini tashkil qilishgan. Ular hokimiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblangan qurolli kuchlarni nazorat qilishgan. Katta harbiy mansablarni egallaganlar. Kechki veda asarlarida kshatriy va brax manlar raqibligi haqida ba’zi ma’lumotlar mavjud. Bu kurash haqida hind eposlarida batafsil ma’luotlar berilgan.
Farqliliklarga qaramasdan, braxman va kshatriylar mehnatkash va tobe aholi hisobiga yashaydigan imtiyozli va boy guruhni tashkil qilganlar. Ko‘p sonli qatlam – vayshiyalar varnasi edi. Bu kastaga yer egalari, erkin ziroatchilar va savdogarlar kirganlar. Vayshiyalar, aso san, soliq to‘lovchi qatlam hisoblangan. Veda davrida vayshiyalar ba’zi siyosiy huquqlarga ega bo‘lib, qator davlat ishlarini hal qilishda ishtirok etishgan.
Rigvedaning ilk qismlarida shudralar haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligi bois ba’zi olimlar ularni oriylar o‘ziga bo‘y sundirgan tub aholi deb hisoblaydilar. Shu yo‘sinda oriylarni yuqori tabaqalarga, sof irqqa tegishli ekanligi, oriylarning “rangli” tub aholini o‘ziga bo‘ysundirib, ularni shudralarga aylantirgani haqidagi nuqtai nazarlar yuzaga kelgan. Mazkur nazariya tarafdorlari “varna” so‘zi ning ma’nolaridan biri “rang” ekanligini ta’kidlaydilar. Ammo bu ma’no teri rangini belgilash bilan hech qanday bog‘liq emasligini nazarda tutish lozim. Qadimgi Eronda bo‘lganidek qadimgi Hindistonda rang ramzlari mavjud bo‘lgan: har bir varnaning o‘z rangi bo‘lgan.
Keyingi veda davrida varnalar orasida kichikroq, yopiq, kasbiy guruhlar shakllanib, ular kasta shakliga ega bo‘lgan.
Manbalar
tahrirO'zbek tilida:
1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.
2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.
3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.
Rus tilida:
1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.
2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.
3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.
Hind tilida:
1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५
रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८
2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९
3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५
4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२
Urdu tilida:
.6ڈاکٹر مبارک علی "جدید تاریخ"، فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١
.7محمد علی چراغ "تاریخ ِ پاکستان " سنگ ِ میل ، ٢٠١٢
.8 رماشنکرترپاٹھی "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ فروغ اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨ مترجم :سید سخی حسن نقوی
.9 شیخ محمد رفیق مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠
پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10
11.ڈاکٹر مبارک علی "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥
.12 ڈاکٹر مبارک علی "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧
.13 محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠
.14مولانا ابو ا لکلام آزاد "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣
Ingliz tilida
1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.
2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.
3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.
4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.
5. Hameed. Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute. Islamabad, Pakistan, 2008.
6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999
7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.
8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010
9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002
10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.
11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008
Davriy nashrlar:
Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.
2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |