Vegrevil tuxumi (ukraincha: Веґревільська писанка ,inglizcha: Vegreville egg) — Kanadaning Vegrevil shahrida joylashgan ulkan Ukraina Pasxa tuxumi shaklidagi haykal. Mazkur yodgorlik 1975-yilda shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan Kanada qirollik otliq politsiyasining 100 yilligi munosabati bilan ochilgan.

Pol Maksum Sembalyukning ijod mahsuli boʻlmish mazkur asar alyuminiy ramka ustida bajarilgan, teng qirrali uchburchaklar va yulduz shaklidagi olti burchaklar koʻrinishidagi ikki oʻlchovli anodlangan alyuminiy plitalarning murakkab majmuasidan qurilgan. Tuxumning uzunligi 31 fut (9 m) va balandligi uch yarim fut, ogʻirligi 2,5 tonna (5512 funt)[1]. Bu dunyodagi ikkinchi yirik Pasxa tuxumi[2]. Eng kattasi 2000-yilda Kolomiyada qurilgan[3].

Haykal Kanadaning Alberta provinsiyasida joylashgan Vegrevil shahri maʼmuriyati tomonidan buyurtma qilingan boʻlib, u yerda hozirgi Ukraina hududidan koʻchib borgan koʻplab muhojirlar yashaydi. Haykal qurilishiga mablagʻ olish uchun shahar federal hukumatdan grant soʻrab murojaat qiladi. Yakunda haykal 1975-yilda Kanada qirollik otliq politsiyasining yubileyiga bagʻishlanishi sharti bilan biroz mablagʻ olishga muvaffaq boʻlindi[1][4][4].

Tuxum Yellowhead shossesi[4] boʻylab asosiy turistik obidalaridan biri boʻlib, u yerga har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradi. U Albertaning shimolidagi 16 A shossesida Elk parkida joylashgan[5].

Manbalar

tahrir