Veljko Mršić (talaffuzi: Velko Mirishich) (Xorvatcha talaffuzi: ʋěːʎko mr̂ʃitɕ ) (1971-yil 13-aprelda tugʻilgan)—xorvatiyalik professional basketbol murabbiyi va sobiq basketbolchi. Veljko Mršić hozirda Ispaniya ACB Ligasi vakili Río Breogán klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Veljko Mršić
Río Breogán
Pozitsiyasi Bosh murabbiy
Liga Liga ACB
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 13-aprel 1971-yil (1971-04-13) (53 yosh)
Split, Xorvatiya SSR
Millati xorvat
Boʻyi 6 ft 8 in (2.03 m)
Vazni 220 lb (100 kg)
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar
MBA drafti 1993 / Tanlanmagan
Oʻyindagi faoliyati 1989—2005
Pozitsiyasi hujumchi
Murabbiylik faoliyati 2006—hozirgacha
Faoliyatidagi yorqin voqealar va mukofotlar

Oʻyinchi sifatida

'Bosh murabbiy sifatida

Oʻyin faoliyati

tahrir

Veljko Mršić 1995-yilda FIBA Yevropa tanlovi jamoasi aʼzosi edi.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Veljko Mršić 1994-yilgi Jahon chempionatida, 1993-yilgi EuroBasket va 1995-yilgi EuroBasket musobaqalarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan Xorvatiya erkaklar milliy basketbol terma jamoasi aʼzosi edi. Veljko Mršić shuningdek, 1996-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari, 1999-yilgi EuroBasket va 2001-yilgi EuroBasket musobaqalari uchun tuzilgan asosiy jamoa tarkibda edi[1].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Split (2006)

tahrir

Veljko Mršić bosh murabbiylik faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri „Split“ klubida boshlagan edi. 2006-yil 15-iyunda Veljko Mršić klub bosh murabbiyi etib tayinlandi[2]. Ammo NLB ligasida bir qator yomon natijalardan soʻng 2006-yil 13-dekabrda ishdan boʻshatildi[3].

Varese (2007—2008)

tahrir

Tugʻilgan shahrida ishdan boʻshatilgandan soʻng, Veljko Mršić 2007-yilning 13-iyunida Italiya A seriyasi vakili „Pallacanestro Varese“ klubi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi[4].

Cedevita (2011—2012, 2013—2017)

tahrir

2011-yilda Veljko Mršić „Cedevita“ klubining oʻsmirlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi va klub bilan 2012-yilgi Xorvatiya chempionligini qoʻlga kiritganini nishonladi. Keyinchalik Veljko Mršić „Cedevita“ bosh murabbiyi Jasmin Repesa qoʻl ostida murabbiy yordamchisi boʻlib ishladi. 2015-yilning iyunida Veljko Mršić Jasminning oʻrniga kattalar jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi[5].

Veljko Mršićning „Cedevita“ klubi bilan ilk mavsumida klub Xorvatiya ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi va ABA ligasining pley-off bosqichiga chiqdi[6].

Keyingi mavsumda „Cedevita“ klubi yana milliy liga chempionligini qoʻlga kiritdi, ammo ABA ligasi pley-off bosqichida Serbiyaning „Crvena zvezda“ jamoasiga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi[7]. 2017-yilning may oyida Veljko Mršić „Cedevita“ klubidan ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga taniqli sloveniyalik murabbiy Jure Zdovc tayinlandi[8].

Cibona (2012)

tahrir

2012-yil 11-iyunda Veljko Mršić „Cibona“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[9]. Veljko Mršić klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi, ammo 2012-yil 26-noyabrda u ishdan boʻshatildi[10].

Bilbao Basket (2017—2018)

tahrir

2017-yil 27-noyabrda Veljko Mršić Ispaniya ACB Ligasi vakili „Bilbao Basket“ jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[11]. 2018-yilning 30-aprelida Veljko Mršić Ispaniya terma jamoasi bilan xayrlashdi, keyinchalik jamoani sloveniyalik murabbiy Jaka Lakovič qabul qilib oldi[12].

Zadar (2020—2021)

tahrir

2020-yil 25-iyun kuni Veljko Mršić Xorvatiyaning „Zadar“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[13][14]. Klubdagi ilk mavsumida Veljko Mršić 2021-yilning fevralida mamlakat kubogi gʻolibligini nishonladi[15].

2021-yil iyun oyida Veljko Mršić „Zadar“ klubini 2007—2008-yilgi mavsumdan beri birinchi marta milliy liga chempionligini qoʻlga kiritgan jamoaga aylantirdi[16][17][18]. 2021-yilning iyul oyida Veljko Mršić „Zadar“ klubini tark etdi[19].

Río Breogán (2022-yildan hozirgi kungacha)

tahrir

2022-yil 20-yanvarda u ACB Ligasi vakili „Río Breogán“ klubi bilan shartnoma imzoladi[20].

Mukofot va unvonlar

tahrir

Veljko Mršić yuqori darajadagi oʻyinchi sifatida qoʻlga kiritgan klub unvonlari:

  • Xorvatiya ligasi chempioni:
    • 1993, 1994, 1995, 1998-yillar
  • Litva ligasi chempioni:
    • 1997-yil
  • Italiya ligasi chempioni:
    • 1999-yil
  • FIBA Korać kubogi chempioni:
    • 2000—2001
  • Xorvatiya kubogi sohibi:
    • 1995-yil

Veljko Mršić bosh murabbiy sifatida yutgan klub unvonlari:

  • Xorvatiya ligasi chempioni: („Cedevita“ futbol klubi bilan: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017; „Zadar“ futbol klubi bilan: 2020—2021)
  • Xorvatiya kubogi sohibi: („Cedevita“ futbol klubi bilan: 2015—2016, 2016—2017; „Zadar“ futbol klubi bilan: 2020—2021)

Manbalar

tahrir
  1. Veljko MRSIC.
  2. „Veljko Mršić novi trener Splićana“ (xorvatcha). Index.hr (15-iyun 2006-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2020-yil.
  3. „Veljko Mršić više nije trener Splita“ (xorvatcha). Jutarnji list (13-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2020-yil.
  4. „Veljko Mršić preuzima klupu talijanskog Varesea“ (xorvatcha). 24sata (13-iyun 2007-yil). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  5. Bradovski. „Veljko Mršić potvrđen za novog trenera Cedevite sljedeće sezone“ (xorvatcha). sportnet.rtl.hr (29-iyun 2015-yil). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  6. „Cedevita treći put zaredom prvak Hrvatske“ (xorvatcha). Croatian Basketball Federation (3-iyun 2016-yil). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  7. „Cedevita obranila naslov Prvaka Hrvatske!“ (xorvatcha). Croatian Basketball Federation (1-iyun 2017-yil). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  8. Hina. „Veljko Mršić više nije trener Cedevite“ (xorvatcha). N1 HR (8-iyun 2017-yil). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  9. „Cibona je bila brža: Veljko Mršić novi trener 'vukova'“ (xorvatcha). tportal.hr. Tportal (11-iyun 2012-yil). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  10. „Trener Cibone više nije Veljko Mršić“ (xorvatcha). KK Cibona (26-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
  11. „Veljko Mrsic named Bilbao Basket head coach“. Sportando (27-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 27-noyabr 2017-yil.
  12. „Bilbao Basket parts ways with Veljko Mrsic, promotes Jaka Lakovic as head coach“. Sportando (30-aprel 2018-yil). Qaraldi: 30-aprel 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
  13. „Službeno: Izbornik Veljko Mršić novi je trener Zadra“ (xorvatcha). KK Zadar (25-iyun 2020-yil). Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
  14. „Veljko Mršić is new Zadar head coach“. aba-liga.com (25-iyun 2020-yil). Qaraldi: 25-iyun 2020-yil.
  15. A.M./Hina. „Zadar svladao Split i osvojio Kup Krešimira Ćosića“ (xorvatcha). Croatian Radiotelevision (13-fevral 2021-yil). Qaraldi: 14-fevral 2021-yil.
  16. Index Sport. „Zadar je prvak Hrvatske u košarci nakon 13 godina. Split pao pred publikom u Višnjiku“ (xorvatcha). Index.hr (5-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  17. „Zadar je nakon 13 godina ponovno prvak Hrvatske!“ (xorvatcha). Croatian Basketball Federation (5-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  18. KK Zadar. „Zadar je prvak Hrvatske!“ (xorvatcha). kkzadar.hr (5-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  19. „Veljko Mršić ostaje hrvatski izbornik, poznato i do kada, ali napušta klupu Zadra“. sportske.jutarnji.hr. Qaraldi: 14-iyul 2021-yil.
  20. „Veljko Mrsic dirixirá ao Río Breogán“ (gl). cbbreogan.com (20-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.

Havolalar

tahrir