Venera Rahimova
Venera Rahimova Timerxanovna (1946-yil, 10-iyun, Andijon viloyati Qoradaryo qishlogʻi, OʻzSSR) — Sovet va rus aktrisasi, Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Boshqird ASSR) xalq artisti (1985), Salavat Yulaev nomidagi mukofot laureati. Ufa, Nalchik va Moskva kabi bir qator shaharlardagi qoʻgʻirchoq teatrlarida aktrisa sifatida oʻz faoliyatini olib borgan. U „Neznayka na Lune“ multfilmidagi bilmasvoy obraziga ovoz berish tufayli keng shuhrat qozondi.
Venera Rahimova | |
---|---|
Венера Тимерхановна Рахимова | |
Tavalludi |
10-iyun 1946-yil |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Kasbi | Aktrisa, Qoʻgʻirchoq teatri aktrisasi |
Faoliyat yillari | 1967 — hozirgi vaqtga qadar |
Qarindoshlari | Tagir Rahimov (akasi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrir1946-yil 10-iyunda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Andijon viloyati, Qoradaryo qishlog‘ida tug‘ilgan. 1967-yilda Sterlitamak madaniy-ma'rifiy maktabini tamomlab, Boshqird qo'g'irchoq teatri (ruscha: Башкирский театр кукол)da ishlay boshlagan va u yerda 1986-yilgacha ishlagan[1]. Keyin u Moskvaga ko'chib o'tdi va u yerda Moskva qo'g'irchoq teatrida "Sehrli chiroq" bolalar kitobida xizmat qildi[2].
1990-yillarda, teatr bilan parallel ravishda, u RTR telekanalida qo'g'irchoq dasturlarida ishlagan. "Prazdnik kajdiy den" (rol - Tam-tamchik) va "Lukomorye" (rol - Pugalo).
Akasi - Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist Tagir Rahimov.
Filmografiya
tahrir- 2007-yil — Zakon i poryadok. Otdel operativnыx rassledovaniy („Chest“. 9-raqamli film)
- 2014-yil — Karpov. Sezon tretiy (28 seriya) — Zina xola
- 2015-yil — Versiya (1-ya seriya „Zaveshanie“)
- 2015-yil — Posledniy ment – qariya
Multfilm dublyaj
tahrir- 1997-yil — Volshebniy svirel — Uaigning onasi
- 197-yil — Neznayka na lune — Bilmasvoy (10 qismdan tashqari)
- 2010-yil — Priklyucheniya kotyonka i eego druzey — mushukcha Shamonulka
Mukofotlari
tahrir- Boshqirdiston ASSR xalq artisti (1985-yil)
- Boshqirdiston ASSRda xizmat koʻrsatgan artist (1977-yil)
- Salavat Yulaev nomidagi mukofot laureati (1984-yil)
Chingiz Aytmatov hikoyasi asosida “Oq kema” spektaklida bolakay obrazini yaratgani uchun, Majit G‘afuriyning “Qora yuzlilar” hikoyasi asosidagi “Galima” spektaklida Galima, A. Tolstoyning “Buratinoning sarguzashtlari” ertagi asosida Boshqird qo‘g‘irchoq teatrida tasvirga tushurilgan spektaklda Pinokkio rolini ijro etgani uchun[3].
Adabiyotlar
tahrirБагуманов А., Фаизова Ф.. Лауреаты премии имени Салавата Юлаева. Уфа: Китап, 1999 — 122—123-bet. ISBN 5-295-02408-1.
Havolalar
tahrir- Энциклопедия Башкирии
- Башкирская энциклопедия
- Самигуллина Р. От Петрушки к Прометею. Уфа, 1993.
- Н. И. Смирнова. И… оживают куклы. Книга о кукольных театрах.. М.: «Детская литература», 1982.
Manbalar
tahrir- ↑ „«Приходилось ютиться в помещении без окон»“. 2017-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Как дожить до субботы?“. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ Багуманов А., Фаизова Ф.. Лауреаты премии имени Салавата Юлаева. Уфа: Китап, 1999 — 122—123-bet. ISBN 5-295-02408-1.