Vengriyadagi saylovlar Vengriya fuqarolarining irodasini toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita ifoda etish chora-tadbirlari tizimi boʻlib, amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi, davlat hokimiyatining oliy organlarini (Milliy Assambleya, Vengriya Prezidenti) shakllantirishga qaratilgan.

Vengriya prezidentlik saylovi

tahrir

Vengriyaning asosiy qonuniga koʻra, Prezident Milliy Assambleya tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Vengriyaning oʻttiz besh yoshga toʻlgan har qanday fuqarosi davlat rahbari lavozimiga nomzodini qoʻyishi mumkin. Bir kishi ketma-ket ikki muddatdan ortiq prezidentlik lavozimini egallashi mumkin emas. Vengriya Prezidenti avvalgi prezidentning vakolat muddati tugashiga oltmish kundan oldin saylanishi kerak. Prezidentning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, yangi prezident muddati tugagan kundan boshlab oʻttiz kun ichida tayinlanishi kerak. Vengriyada prezidentlik saylovlari Vengriya Milliy Assambleyasi raisi tomonidan tayinlanadi. Vengriyada hozirgi vaqtdagi prezidenti Viktor Orban hisoblanadi[1].

Vengriya prezidenti saylovi xalq tomonidan bilvosita yashirin ovoz berish orqali Milliy assambleya orqali amalga oshiriladi. Nomzod avval tanishtiriladi. Prezidentlikka nomzod maqomining shaxsini tasdiqlash uchun Milliy Assambleyaning kamida beshdan bir qismi bunday nomzodga tavsiyanomalarni taqdim etishi kerak.

Vengriya Prezidenti saylovi jarayoni ikki turdan iborat boʻlishi mumkin. Agar Milliy Assambleya konstitutsiyaviy tarkibining kamida uchdan ikki qismi bitta nomzod uchun ovoz bergan boʻlsa, Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va kuchga kiradi. Tegishli miqdordagi ovozlar toʻplanmasa, keyingi ovoz berish boshqa reglamentga muvofiq oʻtkaziladi. Takroriy ovoz berishda deputatlar sonidan qatʼi nazar, eng koʻp ovoz toʻplagan nomzod gʻolib hisoblanadi. Agar ikkinchi ovoz berish ham muvaffaqiyatsiz boʻlsa, saylov jarayoni birinchi bosqichdan boshlanadi. Vengriya prezidentini saylash jarayoni ikki kundan ortiq davom etmasligi kerak deb belgilab qoʻyilgan.

Vengriyaning saylangan Prezidenti Vengriya Prezidenti lavozimiga kirishar ekan, Vengriya Milliy Assambleyasi oldida qasamyod qiladi.

Vengriya parlamentiga saylovlar

tahrir

Vengriya parlamentiga saylovlarni oʻtkazishning huquqiy asosi 2012-yil 1-yanvardagi „Milliy assambleya deputatlari saylovi toʻgʻrisida“gi qonunda keltirib oʻtilgan.

Parlamentga saylov jarayoni 199 nafar deputatni saylashni nazarda tutilgan: 106 nafari shaxsiy saylov okruglari boʻyicha saylanadi (har bir saylov okrugidan bittadan nomzod saylanadi); 93 tasi esa hududiy okruglar tomonidan saylanadi.

Shaxsiy saylov okruglarida saylovchilarning mutlaq koʻpchiligi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan nomzod gʻolib deb topiladi.

Vengriya fuqarolari parlament saylovlarida ikkita ovozga ega (saylovning birinchi bosqichida ikkita byulleten chiqariladi). Ular oʻz shaxsiy saylov okrugi boʻyicha nomzodlardan biriga, ikkinchisida esa hududiy roʻyxatdagi partiyalardan biriga bitta ovoz berishlari mumkin boʻladi.

Vengriya parlamenti uchun saylov jarayonida nomzodlarni „filtrlash“ ning maxsus tizimi qoʻllanadi:

  • Shaxsiy saylov okruglari boʻyicha partiyadan deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqini qoʻlga kiritish uchun va mustaqil nomzod sifatida kamida 500 ta „tavsiya xati“ toʻplash va tegishli saylov komissiyasiga taqdim etish zarur.
  • Tegishli hududiy okrugning umumiy sonining 1/4 qismi yoki kamida ikkita shaxsiy okrugida oʻz nomzodini ovozga qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlgan partiya ushbu hududiy okrug boʻyicha oʻz partiya roʻyxatini koʻrsatish (saylash) huquqini oladi.

Vengriya Konstitutsiyasiga koʻra, Milliy Assambleyaga navbatdagi saylovlar avvalgi chaqiriq parlamentning 4-yili aprel yoki may oylarida oʻtkaziladi.

Mahalliy hokimiyat organlariga va shahar hokimligiga saylovlar

tahrir

Mahalliy davlat hokimiyati organlariga va shahar hokimi lavozimiga deputatlar saylovchilar tomonidan umumiy va teng saylov huquqi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi deputatlari va hokimning vakolat muddati 5 yil hisoblanadi. Deputatlik korpusining vakolatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari deputatlari va hokimlarning umumiy saylovi kunigacha davom etadi. Deputatlikka nomzodlar yoʻqligi sababli saylov oʻtkazishning imkoni boʻlmasa, deputatlik korpusining vakolatlari muddatidan oldin saylov oʻtkaziladigan kungacha uzaytiriladi.

Milliy referendum

tahrir

2012-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Vengriyaning yangi Konstitutsiyasi[2] ga koʻra, milliy referendum kamida ikki yuz ming saylovchining tashabbusi bilan Milliy Assambleya tomonidan majburiy ravishda tayinlanadi. Referendum Vengriya Prezidenti, hukumati va kamida yuz minglab saylovchilarning tashabbusi bilan Milliy Assambleya tomonidan ham chaqirilishi mumkin, ammo bu shartlarda u buni amalga oshirish uchun bevosita majburiyatga ega emas.

Manbalar

tahrir
  1. Andrey Poznyakov. [euronews.com „Виктор Орбан победил на выборах в Венгрии с "неожиданным резултатом"“] (2022-yil 4-aprel). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Конституция Венгрии. — 2011.“. 2017-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-may.

Havolalar

tahrir