Veniamin Vasilevich Volkov (20-yanvar 1921-yil, Toshkent – 21-fevral 2019-yil, Sankt-Peterburg) sovet va rus oftalmologi, tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1967), M. Kirov nomidagi Harbiy Akademiyaning oftalmologiya kafedrasi mudiri (1967–1989), SSSR Mudofaa vazirligining bosh oftalmologi, tibbiy xizmati general-mayori (1979), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1982). SSSR Davlat mukofoti laureati.

Veniamin Volkov
Tavalludi 20-yanvar 1921-yil
Toshkent, Turkiston ASSR, RSFSR
Vafoti 21-fevral 2019-yil
Sankt-Peterburg, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya

Biografiyasi tahrir

Veniamin Volkov 1921-yil 20-yanvarda Toshkent shahrida Vasiliy Firsovich (harbiy uchuvchi) va Mariya Semyonovna Volkovlar oilasida tavallud topgan. 1923-yildan Petrogradda yashagan va S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kirgan. Akademiyada stalin stipendiyasi sohibi boʻlgan (1942). 1941–1942-yillarda qamaldagi Leningradda qiruvchi batalyonda jangchi boʻlgan. Veniamin koʻrsatgan jasorati uchun „Leningrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1942-yil may oyida S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgandan soʻng, havo-desant qoʻshinlari bataloniga shifokor lavozimiga tayinlandi.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 16-fevraldagi farmoni bilan S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining oftalmologiya kafedrasi mudiri Veniamin Vasilyevich Volkov Sovet harbiy tibbiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun Lenin ordeni, „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Volkov 1989-yil 20-sentyabrda nafaqaga chiqqan. U Bogoslovskoye qabristoniga dafn qilingan.

Oilasi tahrir

Opasining ismi Taisiya. Rafiqasi – Vera Vasilyevna Varshakova (1922–1997)[1]. Qizlari: Mariya Volkova va Irina Rubtsova. Nabiralari: Yekaterina Krasnoshekova, Mixail Krasnoshekov, Veniamin Krasnoshekov va Andrey Rubtsov. Evaralari: Polina Krasnoshekova, Darya Krasnoshekova, Anastasiya Ruleva hamda Denis Rubtsov.

Xotirasi tahrir

Vasilyevichning xotirasi S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining oftalmologiya kafedrasi va klinikasiga V. V. Volkov nomi berilgan[2].

Xalqaro Astronomiya Ittifoqi qoʻmitasining 2000-yil 20-martdagi qarori bilan № 7555 kichik sayyora „Ven Volkov“ nomini oldi.

2021-yil 14-15-may kunlari S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasida V. V. Volkov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlab, „Umumiy va harbiy oftalmologiya“ yubileyi ilmiy-amaliy konferensiyasi[3] boʻlib oʻtdi.

Manbalar tahrir

  1. „Архивированная копия“. 2019-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-fevral.
  2. „Кафедра и клиника офтальмологии имени В. В. Волкова“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  3. „Программа Конференции“. 2021-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-may.