Vetlesen mukofoti geologiya boʻyicha Kolumbiya universitetining Lamont-Doherti Yer observatoriyasi va G. Unger Vetlesen jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mukofotdir. Mukofot, odatda, geologiya sohasidagi eng yuqori daraja va "Geologiya boʻyicha Nobel mukofoti" sifatida eʼtirof qilinadi.

Kelib chiqishi

tahrir

Vetlesen mukofoti geofizika[1] yoki geologiya boʻyicha Nobel mukofotining ekvivalentini taʼsis etishga urinish sifatida baholanadi.[2] Mukofot Yer, uning tarixi yoki koinot bilan aloqalarini aniqroq tushunishga olib keladigan ilmiy yutuqlar uchun beriladi. Mukofot 1959-yilda taʼsis etilgan boʻlib, agar hakamlar hayʼati ushbu davrda kamida bitta munosib nomzodni tanlasa, oʻrtacha ikki yilda bir marta beriladi.[3]

Tarixi

tahrir

G. Unger Vetlesen 1955-yilda oʻlimidan sal oldin oʻz nomidagi jamgʻarmaga asos solgan. Vetlesen mukofotidan tashqari, fond Yer haqidagi fanlarni oʻrganuvchi muvaffaqiyatli institutlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Mukofot Yer, uning tarixi yoki koinot bilan aloqalarini aniqroq tushunishga olib keladigan ilmiy yutuqlar uchun beriladi. Sovrin oʻrtacha har ikki yilda bir marta beriladi.[4]

Mukofot sohiblari

tahrir

Manba:[5]

  • 2020-yil - Enni Kazenave, Fransiya
  • 2017-yil - Mark Keyn, AQSh ; S. Jorj Filander, AQSh
  • 2015-yil - Robert Stiven Jon Sparks, Buyuk Britaniya
  • 2012-yil - Syuzan Solomon, AQSh;[6] Jan Jouzel, Fransiya[7]
  • 2008-yil - Valter Alvares, AQSh[8]
  • 2004-yil - Ser Nikolas Shaklton, Buyuk Britaniya : V. Richard Peltier, Kanada
  • 2000-yil - U. Jeyson Morgan, AQSh ; Valter C. Pitman III, AQSh ; Lin R. Sykes, AQSh
  • 1996-yil - Robert E. Dikkinson, AQSh ; Jon Imbrie, AQSh
  • 1993-yil - Uolter Munk, AQSh
  • 1987-yil - Uolles S. Broker, AQSh ; Harmon Kreyg, AQSh
  • 1981-yil - Marion King Hubbert, AQSh
  • 1978-yil - J. Tuzo Uilson, Kanada
  • 1974-yil - Xaim Leib Pekeris, Isroil
  • 1973-yil - Uilyam A. Fauler, AQSh
  • 1970-yil - Allan V. Koks, AQSh
  • 1970-yil - Richard R. Doell, AQSh ; S. Keyt Runcorn, Buyuk Britaniya
  • 1968-yil - Frensis Birch, AQSh ; Ser Edvard Bullard, Buyuk Britaniya
  • 1966-yil - Yan Hendrik Oort, Niderlandiya
  • 1964-yil - Pentti Eskola, Finlandiya
  • 1964-yil - Artur Xolms, Buyuk Britaniya
  • 1962-yil - Ser Garold Jeffreys, Buyuk Britaniya
  • 1962-yil - Feliks Andris Vening Meinesh, Niderlandiya
  • 1960-yil - U. Moris Yuing, AQSH

Yana qarang

tahrir
  • Geologiya boʻyicha mukofotlar roʻyxati
  • Geofizika boʻyicha mukofotlar roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. "Vetlesen Prize" howstuffworks.com
  2. Alden, Andrew "What Is Geology's Nobel Prize?" (Wayback Machine saytida 2017-01-04 sanasida arxivlangan) About.com
  3. "The Vetlesen Prize"
  4. „"About the G. Unger Vetlesen Foundation"“. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  5. „Lamont–Doherty Earth Observatory“. 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  6. „Past Vetlesen Laureates - Susan Solomon“. www.ldeo.columbia.edu. Lamont-doherty Earth Observation, Columbia University. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  7. „Past Vetlesen Laureates - Jean Jouzel“. www.ldeo.columbia.edu. Lamont–Doherty Earth Observatory, Columbia University. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  8. „The Vetlesen Prize past recipients“. 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.