Vicky Chandhok
Vicky Bharat Chandhok (1957-yil 7-aprelda tugʻilgan) hindistonlik poygchi va bir qancha poyga musobaqalari tashkilotchisi. 2003-2005 va 2010-2013-yilllar oraligʻida Hindiston Motorsport klublari federatsiyasi (FMSCI) prezidenti boʻlgan[1][2]. Hindiston federatsiyasi prezidenti sifatidagi ikkinchi faoliyati davomida u Hindiston Gran-prisi Formula 1 poygalarini Hindistonga olib kelish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirgan[3][4][5][6]. U, shuningdek, FIA va Berni Ekklstoun vakili sifatida Buddh International poygasida F1 trassasining qurilishiga rahbarlik qilgan[7]. Chandhok F1 trassasini quruvchi va unga egalik qiluvchi Jaypee Sports International (JPSI) kompaniyasining maslahatchisi hisoblanadi[8]. Hozirda u FMSCI kengashi aʼzosi va FIA poygalari komissiyasi aʼzosi[9]. Shuningdek, u Hindistonda oʻtkazilgan ralli boʻyicha bir qancha poygalarda chempion boʻlgan. U Indu Chandhokning oʻgʻli, FMSCI va Madras Motor Sports Club (MMSC) asoschilaridan biri. Uning oʻgʻli Karun Chandhok Hindistonning ikkinchi F1 haydovchisi[10].
Chandhok 1982-yilda Chitraga turmushga chiqdi. Uning Ikki oʻgʻli bor: Karun Chandhok va Suhail Chandhok . Uning bobosi Lala Indersain Chandhok oilada avtosport anʼanalarini shakllantirgan boʻlsa, otasi Bharat Indu Chandhok Indersainning ikkinchi oʻgʻli. U nafaqat Sholavaram poygalarida qatnashgan, balki ushbu poygaga asos solgan.
Chandhok oʻzining haydovchilik faoliyatini 1972-yilda bsohlagan. Oʻsha yili Sholavaramda debyut chiqishini qilgan. Koʻp yillar davomida Hindiston milliy ralli chempionatida qatnashgan[11][12]. 350 dan ortiq kuboklarni qoʻlga kiritgan. 28 yillik poyga va rallingdan keyin 2000-yilda faoliyatini yakunlagan[13]. Uning so‘nggi musobaqasi 2000-yildagi Janubiy Hindiston rallisi hisoblanadi[14]. Besh yillik tanaffusdan so‘ng Mitsubishi Lancer avtomobilida sahnaviy chiqishni amalga oshirgan[15][16].
1989-yilda Chandhok Walles sport va tadqiqot fondiga asos solgan[17]. Walles jamgʻarmasining birinchi talabalaridan biri keyinchalik FMSCI prezidenti boʻlgan Akbar Ibrohimdir. Ibrohim Walles bayrogʻi ostida yangi Madras Motor Sport Trackda ishtirok etagn[18].
Manbalar
tahrir- ↑ Desk. „Mr. Vicky Chandhok elected as the President and Mr. Shrikant Karani elected as the Vice President“ (en-US). MotoXindia (2010-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Roll of Honour – FMSCI“. www.fmsci.co.in. 2023-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „FMSCI's Vicky Chandhok opts out of reelection“ (en). MotownIndia.com. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ Weaver, Paul. „Indian F1 Grand Prix on Sunday could be last, warns Vicky Chandhok“ (en-GB). The Guardian (2013-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Indian motorsport in doldrums: Ex-FMSCI boss Vicky Chandhok“. Business Standard India. Press Trust of India (2015-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „FMSCI nominates Akbar Ebrahim as its Deputy in Federation Internationale de L'Automobile“. The Economic Times (2014-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.
- ↑ Grover. „Vicky Chandhok takes pride in FMSCI, Karun & Indian Formula 1 Track“ (en-us). www.sportskeeda.com (2010-yil 20-fevral). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ Pande, Bhanu. „Indian motor-sports administrators Farhan Vohra, Vicky Chandhok and Sanjay Sharma pursue a passion in relative anonymity“. The Economic Times (2011-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Council & Sub Committee – FMSCI“. www.fmsci.co.in. 2020-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Karun Chandhok - Williams Heritage Driver“ (en). www.williamsf1.com. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ Takle. „Why did 70,000 fans flock to a town in Tamil Nadu to watch Indians motor-racing in the early 1970s?“ (en-US). Scroll.in. Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ „2018 INRC: Vicky Chandhok to compete in Chennai Rally in a VW Polo R2“ (en). Overdrive. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Rallying genes come alive 18 years after retirement“ (en). www.sakaltimes.com (2018-yil 24-aprel). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.[sayt ishlamaydi]
- ↑ D'souza. „Vicky Chandhok to make a comeback to competitive rallying“ (en-US). Mad About Racing (2018-yil 25-aprel). 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „INRC 2018: Vicky Chandhok Bags Podium at First Round in Volkswagen Polo R2“. News18 (2018-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ Sportstar. „Gill, Vicky Chandhok finish on podium in INRC“ (en). Sportstar. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
- ↑ „Madras Musings - We care for Madras that is Chennai“. madrasmusings.com. Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.„Madras Musings — We care for Madras that is Chennai“. madrasmusings.com. Retrieved 14 April 2020.
- ↑ „Madras Motor Sports Club upgraded paddocks inaugurated“ (en-GB). INDIA in F1 (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-aprel.