Viivi Luik (6-noyabr 1946-yil, Tänassilma, Harju) — estoniyalik yozuvchi va shoira. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1986).

Viivi Luik
Tavalludi 6-noyabr 1946-yil (1946-11-06) (78 yosh)
Ijod qilgan tillari eston tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Estoniya bayrogʻi Estoniya
Turmush oʻrtogʻi Jaak Jõerüüt

Biografiyasi

tahrir

Viivi Luik 1946-yil 6-noyabrda Tänassilma qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. Dastlab Tänassilma qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda, Kale (Rõngu volosti) qishlogʻidagi oʻrta maktabda va Tallinda sirtqi oʻrta maktabda oʻqigan. 1965-yildan 1967-yilgacha Tallinda kutubxonachi va arxivchi boʻlib ishlagan[1]. Uzoq vaqt xorij mamlakatlarida (Finlyandiya, Germaniya, Latviya, Shvetsiya) boʻlganini hisobga olmaganda 1967-yildan bu yerda yashab, professional yozuvchi boʻlib faoliyat olib borgan. 1990-yillarda adabiy faoliyati uchun turli stipendiyalar olgan. Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti laureati (1976, 1977, 1983, 1986). Madaniyat sohasidagi Estoniya milliy mukofotlari laureati (1992, 2011, 2019).

Sheʼriyati

tahrir

1962-yilda Viivi Luikning birinchi sheʼrlari tuman gazetasida nashr etilgan. 1965-yilda uning birinchi sheʼrlar toʻplami „Pilvede püha“ („Bulutlar bayrami“) „Yosh mualliflar 1964“ nashriyotida nashr etiladi[2]. Undan keyin boshqa koʻplab toʻplamlari ham chiqa boshlaydi. 1970-yildan Estoniya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Qirq yoshida 400 ga yaqin sheʼr yozgan. 1988-yilda Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti bilan taqdirlangan. 1992-yilda madaniyat boʻyicha Estoniya davlat mukofotiga sazovor boʻladi.

Prozasi

tahrir

1985-yil bahorida uning stalinizm davridagi bolaligini samimiy tilda tasvirlangan „Seitsmes rahukevad“ („Yettinchi tinch bahor“) debyut lirik-psixologik romani nashr etiladi[3]. Roman 10 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va yozuvchini Estoniyadan tashqarida ham mashhur qilgan. Olti yil oʻtgach, Viivi Luik oʻzining „Ajaloo ilu“ („Tarix goʻzalligi“) ikkinchi romanini nashr etadi[1]. Ushbu roman yosh eston ziyolilarining 1968-yildagi Praga bahori voqealariga boʻlgan munosabatiga bagʻishlangan[4].

Shaxsiy hayoti

tahrir

1974-yilda Viivi Luik estoniyalik yozuvchi va siyosatchi Jaak Jõerüüt (1947-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurgan.

Asarlari

tahrir

Viivi Luik 10 ta sheʼriy toʻplam, 3 ta roman nashr etgan, shuningdek, esselar, radiopyesalar va bolalar kitoblari muallifi.

  • „Pilvede püha“ (sheʼrlar toʻplami, 1965)
  • „Taevaste tuul“ (sheʼrlar toʻplami, 1966)
  • „Hääl“ (sheʼrlar toʻplami, 1968)
  • „Lauludemüüja“ (sheʼrlar toʻplami, 1968)
  • „Ole kus sa oled“ (sheʼrlar toʻplami, 1971)
  • „Pildi sisse minek“ (sheʼrlar toʻplami, 1973)
  • „Leopold“ (bolalar kitobi, 1974)
Rus tilida: „Leopold“ (1978)
  • „Salamaja piir“ (hikoya, 1974)
  • „Vaatame mis Leopold veel räägib“ (bolalar kitobi, 1974)
  • „Põliskevad“ (sheʼrlar toʻplami, 1975)
  • „Leopold aitab linnameest“ (bolalar kitobi, 1976)
  • „Luulet 1962—1974“ (antologiya, 1977)
  • „Maapäälsed asjad“ (sheʼrlar toʻplami, 1978)
  • „Tubased lapsed“ (bolalar kitobi, 1979)
Rus tilida: „Domashniye deti“ (1985)
  • „Rängast rõõmust“ (sheʼrlar toʻplami, 1982)
  • „Kõik lood Leopoldist“ (bolalar kitobi, 1984)
Rus tilida: „Vse rasskazi o Leopolde“ (1984)
  • „Seitsmes rahukevad“ (roman, 1985)
Rus tilida: „Sedmaya mirnaya vesna“ (1988)
  • „Kolmed tähed“ (bolalar kitobi, 1987)
  • „Ajaloo ilu“ (roman, 1991)
Rus tilida: „Krasota istorii“ (1992)
  • „Inimese kapike“ (esse, 1998)
  • „Maa taevas: luulet 1962—1990“ (antologiya, 1998)
  • „Elujoon: valitud luuletused 1962—1997“ (antologiya, 2005)
  • „Kõne koolimaja haual. Artiklid ja esseed 1998—2006“ (esse, 2006)
  • „Varjuteater“ (roman, 2010)
  • „Ma olen raamat“ (esse, 2010); Xedi Rosma bilan hammualliflikda

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „БИОГРАФИЧЕСКАЯ СПРАВКА О ВИЙВИ ЛУЙК“ (2023-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-may.
  2. Merilai, A. (2013). "Of Hard Joy: Half a Century of Viivi Luik's Creations. Poetry". Interlitteraria 18: 211–225. doi:10.12697/IL.2013.18.1.15. http://ojs.utlib.ee/index.php/IL/article/download/IL.2013.18.1.15/993. 
  3. Cornelius Hasselblatt: Viivi Luik und der 'Siebte Friedensfrühlingʻ. — baltisches jahrbuch (1986), S. 227—236
  4. Cornelius Hasselblatt: Kann Geschichte schön sein? Zur Konstruktion von Vergangenheit in zwei Romanen Viivi Luiks. — Nordost-Archiv. Zeitschrift für Regionalgeschichte. NF VIII (1999), S. 419—433