Vikimaʼlumotlar
Vikimedia Jamgʻarma loyihasi; har kim tahrir qilishi mumkin bo'lgan bepul bilimlar bazasi
Vikimaʼlumotlar (viki va maʼlumotlar soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikidata) — onlayn maʼlumotlar bazasi. Vikipediya singari Vikimaʼlumotlar ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi. Loyihaning maqsadi Vikimedia loyihalarida ishlatish mumkin boʻlgan muayyan maʼlumot turlari (masalan, kishilarning tugʻilgan kunlari) uchun umumiy manba vazifasini oʻtashdir.[1] Vikiombor barcha Vikimedia loyihalari uchun media fayllarni oʻzida toʻplaganidek, Vikimaʼlumotlar jamgʻarmaning barcha loyihasida ishlatish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oʻzida jamlaydi. Vikimaʼlumotlar Wikibase dasturi yordamida ishlaydi.
![]() | |
Web-manzil | www.wikidata.org |
---|---|
Interwiki | d: |
Asosiy boʻlim | Koʻp tilli |
Asos solingan sana | 2012-yil 30-oktyabr |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Data Revolution for Wikipedia“. Wikimedia Deutschland (30-mart 2012-yil). 11-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-sentyabr 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-10-23).
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Vikimaʼlumotlar haqida turkum mavjud |