Vikipediya. Virtual ensiklopediya
Vikipediya. Virtual ensiklopediya – Vikipediya tarixi, hozirgi ahvoli va mavjud muammolariga bagʻishlangan kitobdir. Mualliflari – Rasim Əliquliyev (talaffuzi: Rasim Eliquliyev) va İradə Ələkbərova (talaffuzi: Irade Elekberova). Ozarbayjonda 500 adad tirajda chop etilgan.
Vikipediya. Virtual ensiklopediya muqovasi | |
Muallif(lar) |
Rasim Əliquliyev İradə Ələkbərova |
---|---|
Til | ozarbayjoncha |
Janr(lar)i | Hujjatli |
Umumiy maʼlumot
tahrir2010-yilda ilk bora nashr etilgan „Vikipediya. Virtual ensiklopediya“ kitobida Vikipediyaning yaratilish tarixi, hozirgi vaziyati haqida maʼlumot beriladi, mavjud muammolar esga olinadi. Kitobda ensiklopedik maqolalar yaratilishi uchun tadbiq etilgan qoida va mexanizmlar keng sharh etiladi. Ayni zamonda, Vikipediya falsafasi, Vikipediya loyihasini idora etadigan Wikimediya Jamgʻarmasi faoliyati va Vikipediyadan kelib chiqqan loyihalar haqida keng maʼlumot beriladi. Kitobda Vikipediyada maqolalar yaratilishi qoidalariga va ensiklopediyada qabul etilgan umumiy andozalarga bagʻishlangan maʼlumotlar ham mavjud-ki, ulardan foydalanish bilan barobar, turli mavzularga bagʻishlangan maqolalar yaratish va tahrirlash mumkin. „Vikipediya. Virtual ensiklopediya“ kitobida inchunun Vikipediyada sodir boʻladigan axborot urushlari haqida ham bahs etiladi, bunga bogʻliq muammolar ochiqlanadi va internet muhitida faoliyt koʻrsatadigan boshqa mashhur ensiklopediyalar haqida ham zaruriy maʼlumotlar beriladi.
Havolalar
tahrir- “Vikipediya. Virtual ensiklopediya” kitabı işıq üzü gördü[sayt ishlamaydi] (ozar.)