Vikipediya:Administrator va rasmiyatchilarni saylash qoidalari
Nomzodlar
- Vikipediyada kamida 1 yil avval roʻyxatdan oʻtgan,
- kamida 1500* ta tahrir qilgan,
- soʻnggi 3 oy davomida faol** tahrir qilgan
- boʻlishi kerak.
- Bundan tashqari:
- Qanday administrativ vazifalarni bajarmoqchi va bu vazifalardan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligini koʻrsatishi kerak;
- Oʻzi yaratgan maqolalari boʻlishi kerak.
Ovoz beruvchilar
- Vikipediyada kamida 2 oy avval roʻyxatdan oʻtgan,
- kamida 100 ta tahrir qilgan
- boʻlishi kerak.
Xulosa chiqarish qoidalari
- Rozilar bergan ovozlarning qiymati umumiy ovozlarning kamida 70 foizini tashkil qilishi kerak;
- Ovozlarning umumiy soni kamida 5 ta boʻlishi kerak.
Izohlar:
* kichik tahrirlar soni umumiy tahrirlar sonining 50 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak
** shu oylarning har birida 10 tadan ortiq tahriri boʻlishi kerak