HotCat

HotCat roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarga Vikipediyadagi sahifalarga turkumlarni osonlikcha qoʻshish va olib tashlash imkonini beruvchi gadjetdir.

Qanday qilib yoqish mumkin?

tahrir

HotCatdan foydalanish uchun avvalboshda tizimga kirgan boʻlishingiz zarur.

HotCatni yoqish uchun avvalboshda tizimga kirganingizga amin boʻling. Soʻngra yuqori oʻng burchakdagi „Moslamalar“ tugmasini bosing. Keyin, „Gadjetlar“ boʻlimiga oʻting (yoki ushbu havoladan foydalaning) hamda „HotCat: turkumlarni sahifalarga/sahifalardan tezda qoʻshadi/olib tashlaydi (misol)“ bandini belgilang. Soʻngra, sahifaning pastki qismidagi Saqlash tugmasini bosing. Shunda sizga „Sizning moslamalaringiz saqlandi“ degan xabar keladi.

Tarixi

tahrir

HotCat gadjeti Magnus Manske nomli foydalanuvchi tomonidan yaratilgan.