Vikipediya:Tanlangan maqola nima?

Aloqador mavzular

Vikipediyadagi maqolalar ichidan eng yaxshilariga tanlangan maqola unvoni beriladi. Lekin maqolalarning eng yaxshisi qanday aniqlanadi? Bunda quyidagi kriteriylardan foydalaniladi:

Yaxshi yozilgan, qamrovli, ishonchli, betaraf va sobit.
  1. „Yaxshi yozilgan“ — matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay.
  2. „Qamrovli“ — maqola mavzusi koʻp nuqtalardan, keng qamrovli yoritilgan.
  3. „Ishonchli“ — maqoladagi iddaolar tegishli jiddiy manbalar bilan berilgan.
  4. „Betaraf“ — maqola hech bir nuqtai nazarni himoya qilmay, ularni faqatgina taʼriflaydi (qarang: Betaraf nuqtai nazar).
  5. „Sobit“ — maqola surunkali tahrir urushlariga sabab boʻlmagan. Istisno: vandalliklarni yoʻqotish va eskirgan maʼlumotlar yangilanishi.