Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/1896-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Mundarija
- Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 12:17, 13-Avgust 2023 (UTC)
Ushbu maqola zamonaviy tarixda oʻtkazilgan ilk Yozgi Olimpiada oʻyinlariga asos solinishi va musobaqa tafsilotlari haqida. Maqola 10 ta tilda, jumladan, ingliz va nemis tillarida TM, 5 ta tilda YM statusini olgan. Maqolani oʻqib chiqib, fikr bildirishingini soʻrayman. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 12:17, 13-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirMaqola yaxshi yozilgan, lekin turkumlari kam boʻlib qolibdi. Komrontoy (munozara) 13:50, 13-Avgust 2023 (UTC)
- Fikr uchun rahmat. Yangi turkumlar qoʻshib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 18:03, 13-Avgust 2023 (UTC)
Maqola yaxshi rasmiylashtirilgan ammo unda ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan:
- Much Wenlock qishloq bozor shaharchasi haqidagi maqolasi bu jumla juda tushunarsiz. U qishloqmi, shahrmi yoki bozor?
- "amaliy, qiziqarli, estetik va toʻgʻri emas" deb hisoblaydi jumladagi soʻzlarning 3-chisi tushunarsiz. Uni boshqa maqulroq alternativi bilan alishtirish kerak.
- andozalar ichida vikifikatorlanmagan joylari mavjud
- ayrim soʻzlarda harflar tushib qolishi va ortib ketishi holatlari kuzatilgan.
- AT alomati boʻlgan qoʻshma gaplar serob. Oʻquvchi oxirgi jumlani oʻqiguncha birinchisini unutib qoʻyadi.
- Neo Phaliron Velodromeda bu nima odammi yoki joy nomi? Gapda tushunarsiz boʻlib qolgan.
- koʻplab oʻrinlarda u u lash holati kuzatilgan. Bu AT alomati sifatida juda hunuk koʻringan.
- Musobaqa sovrindorlari tomonidan olinadigan esdalik medali bizga ulardan oldinroq topshirilgan edi Tushunarsiz gʻolib sovrindordan medal olganmi? Aslida uning oʻzi sovrindormasmi?
Shu singari koʻplab tushunarsiz jumlalar mavjud. AT alomatlari va ayrim oʻrinlarda manba bilan bogʻliq muammolar mavjud. PanPanChik #yozish 14:16, 16-Avgust 2023 (UTC)
- Siz sanab oʻtgan barcha kamchiliklar bartaraf etildi. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 17:22, 17-Avgust 2023 (UTC)
- Odatda, events soʻzi tadbirlar deb emas, musobaqalar deya tarjima qilinardi.
- 69,70; 37,39; 41, 42, 43, 44 manbalarini birlashtirish kerak. Muzaffar Murodovichmusohaba 06:22, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Events ni musobaqalar ga alishtirdim. Dastlabki ikkita manba ham birlashtirildi, biroq oxirgi manbalar bir xil boʻlsa-da, ularning betlarida farq boʻlgani uchun shu holicha qoldirdim. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 16:55, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Koʻrmabman. Muzaffar Murodovichmusohaba 17:01, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. „nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi“"yangi tarix" emas, balki yangi davr yoki yangi tarix davri jumlasiga, "Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtadi" „oʻtdi yoki oʻtgan“ jumlasiga, "Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning" ishtirok etgan sportchilarning jumlasiga oʻzgartirish kerak, 1906-yilgi favqulodda yozgi Olimpiada oʻyinlaridan emas, balki „1906-yilgi navbatdan tashqari yozgi Olimpiada oʻyinlaridan“ boʻladi. Koʻpgina joylarida tinish belgilari qolib ketgan. „edi“ juda koʻp ishlatilgan. Maqolani nomzod ingliz tilidan tarjima qilgan boʻlsa, ushbu tilni biluvchi foydalanuvchilar bir koʻrib chiqishi kerak. Keyinroq yana bir bor maqolani koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni maʼlum qilaman. Humoyun Qodirov (munozara) 19:27, 18-Noyabr 2023 (UTC)
- Va alaykum assalom, assalomu alaykum. Bildirib oʻtgan fikrlaringiz uchun rahmat.
- nomlari bilan ataluvchi yangi tarixda oʻtkazilgan birinchi xalqaro Olimpiya oʻyinlari hisoblanadi bu gapdagi yangi tarix soʻzi ingliz tilida modern history deb berilgan ekan. Aynan shu nomdagi maqola oʻzbek tiliga Yangi tarix deb tarjima qilinganligi, toʻgʻridan-toʻgʻri shunday havola berilganligi, bundan tashqari googledan ham izlab koʻrib, modern history oʻzbek tilida aynan yangi tarix atamasi bilan qoʻllanilishini hisobga olgan holda shu birikmadan foydalandim. Shuningdek, qonunchilikka oid bir qancha hujjatlarda ham yangi tarix sifatida qoʻllanar ekan. Shu sababli ushbu jumlani shu holicha qoldirilsa yaxshiroq deb oʻylayman.
- Gretsiyaning Afina shahrida boʻlib oʻtadi: taʼkidlash joizki, men faqatgina keltirilgan gapda emas, balki butun boshli maqolani tarjima qilish jarayonida aynan oʻtgan zamon -gan yoki -di qoʻshimchasi oʻrniga kelasi zamon -adi qoʻshimchasidan foydalandim, chunki ushbu qoʻshimchadan faqatgina kelasi zamonni ifodalash uchun emas, balki oʻtgan zamondagi hikoya yoki voqea-hodisalarning orqa fonini tasvirlashda ham foydalaniladi.
- Musobaqada ishtirok etuvchi sportchilarning ushbu jumla ham hyuqoridagi namunaga misol boʻla oladi. Asli holicha qoldirilganda ham notoʻgʻri boʻlmasdi deb oʻylayman, lekin siz aytgandek ishtirok etgan jumlasiga oʻzgartirdim.
- 1906-yilgi favqulodda yozgi Olimpiada oʻyinlari 1906-yilgi navbatdan tashqari yozgi Olimpiada oʻyinlari jumlasiga oʻzgartirildi.
- Tinish belgilaridan imkon qadar toʻgʻri foydalanishga harakat qildim. Aynan qayerda tinish belgilari qolib ketganini koʻrsatsangiz, yana toʻgʻrilab qoʻyardim.
- Va alaykum assalom, assalomu alaykum. Bildirib oʻtgan fikrlaringiz uchun rahmat.
- Events ni musobaqalar ga alishtirdim. Dastlabki ikkita manba ham birlashtirildi, biroq oxirgi manbalar bir xil boʻlsa-da, ularning betlarida farq boʻlgani uchun shu holicha qoldirdim. Rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 16:55, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Sitora Oblakulova (munozara) 12:29, 26-Noyabr 2023 (UTC)
- Humoyun Qodirov siz koʻrsatib oʻtgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Qoʻshimcha fikrlar yoki takliflaringiz ham bormi? Nomzodlik masalasida fikringiz qanday? Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:01, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum oldin yozganimdek ingliz tilini yoki sportni yaxshi biladigan foydalanuvchilar bir koʻrib chiqishi kerak, misol uchun „Hermann Weingärtner gorizontal barda mashq bajarish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa“ gapida, „gorizontal barda“ aslida oʻzbekchada turnikda boʻladi, yoki „Louis Zutter yogʻoch otda bajariladigan mashqlar boʻyicha“ gapidagi yogʻoch ot sportga oid oʻzbekcha kitoblarda "eshak" deyiladi. Humoyun Qodirov (munozara) 13:23, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Va alaykum assalom, assalomu alaykum. Men oʻzim sport bilan 10 yil shugʻullanganman. Sportga oid koʻplab atamalarni aynan sportchilarning oʻzidan birma-bir soʻragan holda tarjima qilganman. Oʻzbek tilida rasmiy manbalarda sport atamalarning qanday qoʻllanilishini aynan berilmagan boʻlsa-da, ayrim norasmiy manbalarga koʻra atamalar quyidagicha tarjima qilindi va ularni oʻzgartirishni joiz deb bilmayman. Jumladan, oʻzbekcha vikipediyada Sport gimnastikasi maqolasida eshak emas, balki ot atamasi keltirilgan. Shu sababli yogʻoch ot variantini maqbul deb bilaman. Bundan tashqari yogʻoch ot atamasini mana bu havola orqali, fayl orqali va shu kabi koʻplab manbalarda ham uchratish mumkin. Bundan tashqari horizontal bar atamasini siz aytgandek turnik deya tarjima qilsak, unda parallel bar atamasi oʻzbek tiliga qanday tarjima qilinadi? Bu atamalar ham oʻzbek tiliga aynan gorizontal bar va parallel bar deya tarjima qilinishini isbotlovchi ayrim havola va fayllarni ilova qilaman: gorizontal bar uchun havola, sotuv sayti parallel bar uchun fayl va hokazolar. Fikringiz uchun rahmat. Sitora Oblakulova (munozara) 09:22, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum oldin yozganimdek ingliz tilini yoki sportni yaxshi biladigan foydalanuvchilar bir koʻrib chiqishi kerak, misol uchun „Hermann Weingärtner gorizontal barda mashq bajarish yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa“ gapida, „gorizontal barda“ aslida oʻzbekchada turnikda boʻladi, yoki „Louis Zutter yogʻoch otda bajariladigan mashqlar boʻyicha“ gapidagi yogʻoch ot sportga oid oʻzbekcha kitoblarda "eshak" deyiladi. Humoyun Qodirov (munozara) 13:23, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Humoyun Qodirov siz koʻrsatib oʻtgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Qoʻshimcha fikrlar yoki takliflaringiz ham bormi? Nomzodlik masalasida fikringiz qanday? Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:01, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Sitora Oblakulova (munozara) 12:29, 26-Noyabr 2023 (UTC)
Ajoyib maqola uchun tashakkur. Maqola boʻyicha bir necha oʻrinlarda oʻzim koʻrgan xatoliklarni sanab ketmoqchiman:
1. Maqoladagi ayrim izohlar tarjimasiz qolgan va manbalar qatoriga qoʻshilib ketgan. Bular: „Some scholars allege that during the Sorbonne congress Coubertin was led by tactical considerations, and used the amateur requirement only as a bait in order to realize his actual aim—namely the reintroduction of the Olympic Games—more quickly (Lennartz-Wassong [2004]), 20.“, „Professionalism vs amateurism was one of the dominant themes of the 19th century regarding athletics.“, „Officially, she was rejected because the deadline for participation had expired; however, as Olympic historians David Martin and Roger Gynn point out, the real problem was her gender.“, „Charles Champaud can be considered an athlete for either Switzerland or Bulgaria.“.
2. 76-manbada „Andoza:Pipe“ nomli uzwikida ishlamaydigan andozadan foydalanilgan ekan, shu andozani yoki yaratish, yoki oʻzbekcha muqobilini topish yoki maqolada xato qoldirmaydigan tarzda oʻchirish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 14:53, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Bajarildi Sitora Oblakulova (munozara) 10:02, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman Aytilgan muammolar bartaraf etilgan. Komrontoy (munozara) 17:26, 19-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman Axadjon1 (munozara) 17:12, 23-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman – PanPanChik #yozish 14:30, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 14:42, 27-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Maqolada jiddiy kamchiliklar koʻrmadim. Baʼzi tarixiy shaxs joy nomlariga ichki havola berilsa yaxshi ish boʻlar edi. Keyingi ishlaringizda muvaffaqqiyat. Umid1108 (munozara) 12:51, 12-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Ajoyib maqola uchun rahmat Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:09, 17-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:18, 17-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Maqolani rasmiylashtirish, bezash, matnining oʻzbekchadagi mazmuni, manbalarni koʻrsatish bilan bogʻliq kamchiliklarni koʻrmadim. Kagansky munozara 08:08, 11-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi — 8 ta rozi, qarshilar va betaraflar yoʻq, maqola tarixiga qarab, maqolaning asosiy muallifi va nominator avgust oyidan beri ushbu maqolani yaxshilashga harakat qilib kelganini koʻrish mumkin, maqolaning rasmiylashtirilishi, matnining sodda va tushunarli yozilgani jihatidan ushbu statusga loyiq deb topildi, bundan tashqari, rozi ovoz berganlarning 4 tasi oʻzbekcha Vikipediya administratorlaridir. Kelajakda tarjima bilan bogʻliq eʼtirozlar paydo boʻlsa, tegishli tuzatishlar kiritish kerak boʻladi. TMda qizil ichki havolalar boʻlmasligi kerak, degan qarash bor. Boshqa tomondan, oʻzbekcha Vikipediyada bu toʻgʻrida hali konsensusga erishilmagan. Muallifga tashakkurlar, bardavom boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 10:30, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.