Vikipediya:Viki Oʻzbekistonni sevadi/Baholash tartibi

BOSH SAHIFA MEDIA 2021


Baholash tartibi
  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountainga kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Hakamlar va tashkilotchilar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilgan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.
  • Hakamlar maqola sifatini hisobga olib, ulardan har birini qoʻshimcha ball bilan taqdirlash huquqiga ega:
    • Mustaqil yaratilgan va nufuzli manba va adabiyotlarga tayangan maqolalar (masalan, boshqa vikilardan butunligicha yoki qisman tarjima qilingan va qoʻshimcha maʼlumot kiritilmagan maqolalar mustaqil yaratilgan hisoblanmaydi);
    • Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqolalar (toʻgʻri ishlatilgan andoza, nufuzli manbalar va adabiyotlar, toʻgʻri tanlangan turkumlar, vikidata, suratlar va umuman ularning murakkab kombinatsiyasini hisobga olgan holda);
    • Maqola mavzusiga bogʻliq matnning katta hajmi uchun;
    • Maqoladan umumiy ajoyib taassurot, rasmiylashtirishdagi novatorlik yoki maqolaga yaxshi/tanlangan statusiga yarasha (yoki, ularga yaqin holatda, maqola tarkibi iloji boricha toʻliq ochib berilgan holda) rasmiyatlishtirilgani uchun.
  • Agar uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligi va jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar boʻlsa, hakamlar hay’ati 1 ballga pasaytirish huquqiga ega.

Shunday qilib, har bir maqola 0 dan 5 ballgacha baholanishi mumkin. Agar maqola bir necha hakamlar tomonidan baholangan boʻlsa, natijada olingan baho barcha ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.