Vikipediya:WikiStipendiya II marafoni/Hududiy oyliklar/Toʻldirilgan mavjud maqolalar/Yoʻriqnoma
Quyidagi yoʻriqnoma bilan diqqatingizni bir joyda jamlagan holda tanishib chiqing. Agar shunda ham tushunmasangiz, uzwikichat guruhida soʻrashingiz mumkin!
1-harakat
tahrirDastlab, ushbu sahifadagi Maqola qoʻshish tugmasini bosing va sahifaga oʻting. Siz tomoningizdan yaxshi tahrirlangan maqolaning nomini yozing (Masalan, Habibiy). Nomini xatoliklarsiz yozing. Link yoki kodlar emas, aynan maqola nomining oʻzini yozing
2-harakat
tahrirToʻldirilgan maqolaning TARIX boʻlimiga kirib, sizgacha qilingan eng soʻnggi tahrir sanasi (masalan, 10:30, 15-Aprel 2023) ustiga sichqonchani olib boring, oʻng tugmachasini bosing hamda havolani nusxalab oling (Kopiravat adres ssilki). (1-skrinshotga qarang)
3-harakat
tahrirNusxalab olgan havolangizni ushbu sahifaga — Maqoladagi siz tahrir qilmasingizdan avvalgi eng soʻnggi tahrirning soni: nomli boʻlimga joylashtiring (2-skrinshotga qarang).
4-harakat
tahrirMaqolani_nomi&oldid= parametriga berilgan qiymat (7 talik raqam; masalan, 2341333)dan tashqari havolaning barcha qismini oʻchirib tashlang (3-skrinshotga qarang). Demak, oʻrganib oldingiz. Endi boʻlsa, mana bu jadvaldagi Maqoladagi siz tomoningizdan amalga oshirilgan eng soʻnggi tahrirning soni: qismi bilan ham shu holatni takrorlang. Esingizda tuting, siz tomoningizdan qilingan eng soʻnggi tahrirni tanlab olishingiz kerak.
5-harakat
tahrirEng quyidagi boʻsh qismga maqolada qanday ishlar qilganingiz haqida izoh yozing (Masalan, bilguquti qoʻshdim, tarix boʻlimini kengaytirdim)