Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiJurnalistika

WikiJurnalistika loyihasi sahifasiga xush kelibsiz!

Ushbu loyiha Oʻzbekcha Vikipediyada jurnalistikaga bogʻliq mavzularni, xususan, jurnalistikaga oid tushunchalar, jurnalistikaning insoniyat hayotida tutgan oʻrni hamda taniqli jurnalistlar hayotini yoritish maqsadida WikiStipendiya marafoni doirasida yoʻlga qoʻyilgan. Loyihada barcha jins vakillari qayerda yashashlaridan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin. Loyihada qatnashishni istaysizmi, yoʻqmi, sizga xush kelibsiz, deymiz!

Loyihaning maqsadi — Vikipediyada jurnalistika haqidagi kontentni koʻpaytirish hamda jamiyatda jurnalistikaning oʻrni haqida keng maʼlumot berish.

Eng avvalo bu loyiha jurnalistika haqida yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni yaxshilash maqsadida yoʻlga qoʻyilgandir. Loyiha Vikipediyaga kiritilmagan jurnalistlar, jurnalistik tushunchalar haqida maqola yaratishni, yaʼni qizil rangdagi (maqola mavjud boʻlmagani uchun) ichki havolalarni koʻkartirishni koʻzlaydi.

Loyihada qatnashing!

Statusli maqolalar

Yaxshi maqolalar
Xushsifat maqolalar


Yaratilgan maqolalarni quyidagi Maqola qoʻshish tugmasi yordamida roʻyxatga qoʻshishingiz mumkin.