Vikipediya:Xush kelibsiz
Vikipediya oʻz oʻquvchilari tomonidan yoziladigan, tahrirlanadigan ensiklopediyadir. Bu Siz ham uni tahrirlashingiz va unda yangi ensiklopedik maqolalar yozishingiz mumkin, deganidir.
Lekin Vikipediyani yaratishdan maqsad avvalo uni oʻqib, koʻp narsalar bilib olishdir.
Mutolaa
tahrirVikipediya yuzlab tillarda yozilgan millionlab maqolalarga ega. Va eng katta boʻlimlardan (ingliz, nemis, fransuz va hk.) ulardan kerakli maʼlumotni topish oson. Til bilsangiz, albatta.
Deylik, siz oʻquvchi yoki talabasiz. Va siz biror predmet boʻyicha kitob topa olmayapsiz (har narsa boʻlishi mumkin — kutubxonada kitob qolmagan yoki unday kitoblar bizda chop etilmaydi/sotilmaydi va hk.). Internetda qidirasiz. Lekin internet shunday bir uyumki, unga shoʻngʻib, kerakli matn topguningizgacha rosa xunob boʻlasiz. Balki umuman topa olmassiz ham. Lekin! Endi Vikipediya degan ajoyib xazina bor. Unda butun insoniyat bilimlari yigʻilmoqda va ancha-muncha yigʻilib ham qoldi. Vikipediyada siz kerakli ilmiy matn topa olishingiz ehtimoli esa juda baland. Har holda, ingliz yoki nemis vikipediyalarida.
Shu qatorda oʻzbek tilida ham Vikipediya yozilmoqda. Lekin bunda bizga yordam kerak. Bu yordam yangi maqolalarni yozish va tahrirlashdir.
Tahrir
tahrirKriminalistika kazusga javoblar
Qoidalar
tahrirHa, Vikipediyaning ham qoidalari bor. Va ular bizga yordam beradi.
- Betaraflik. Betaraf matn yozing.
- Manbalar kerak. Manbasiz matnga hech kim ishonmaydi.
- Imlo. Xatolaringiz uchun hech kim „ikki“ baho qoʻymaydi, biroq imlosi buzuq matnni har kim ham tushunavermaydi.
Mana, Vikipediya haqida ham bilib oldingiz. Yana bir bora, Xush kelibsiz!