QOZOG'ISTONDA 2022-YIL YANVAR XALQ NAMOYISHLARI

 2022-yil yanvar, Qozog'iston namoyishlari - 2022-yilning 2-haftasida (3-9-yanvar) avj olgan va Qozog'iston tarixidagi eng katta namoyishlar. Namoyishning asosiy sababi shundaki, avvaliga dizel va yoqilg'i narxi ko'tarilgan, keyin esa suyultirilgan gaz narxi ikki baravarga, 60 Qozog'iston tengesidan 120 tengega ko'tarilgan. Keyin xalq bundan norozi bo'lgan holda namoyishlar boshlagan. Hukumatga Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif bergan. Bu taklif Qozog'istonga Rossiya qo'shinlarining kiritilishi va tartibni saqlashi haqida edi. Cheksiz, Hukumat Rossiya taklifini rad eta olmas edi. Keyin Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart-To'qayev Rossiya, Qirg'iziston, Belarus, Armaniston  

va Tojikiston qo'shinlarining mamlakatga kirib tartibni saqlashiga rozi bo'ldi. Qosim Jo'mart-To'qayevning bu ishidan so'ng xalq uni "xoin"likda aybladi. Shundan keyin Hukumat ham "bo'sh kelmay" xalqni "terrorist"likda aybladi va 19 million xalq "xalq dushmani"ga aylandi. Xalq noroziliklari 5-8-yanvarda avj oldi. Xattoki xalq ularni 30 yil bolam degan inson, aniqrog' aytadigan bo'lsak, Nursulton Nazarboyev qarata - qozoqcha "Шал кет", ya'ni "Nazarboyev mamlakat hukumatidan yo'qol" deya norozilik bildirishdi. Shundan keyin mamlakat prezidenti Mamlakat Xavfsizligini o'z bo'yniga oldi. Nazarboyev esa lavozimidan ozod etildi va uning yaqinlari ham mamlakat hukumatidan quvildi. Bu voqeadan so'ng xalq otasi - Nursulton Nazarboyev va uning oilasi ona yurtidan voz kechib, boshqa yurtlarga uchib ketdi. Faqat uning katta akasigina Qozog'istonda qolgan edi. Oradan kunlar o'tib, Qosim Jo'mart-To'qayev mamlakat hukumatini ta'tilga chiqarib yubordi. So'ng Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham o‘sha yerlik qozoqlar ishtirokida Oq uy oldida tinch aholi namoyishlari boshlandi. Namoyish Nyu-Yorkka ham tarqadi. Odamlar Nazarboyev Diktaturasi o‘rniga Demokratiya istashar edi. Almaota shahrida esa Qirg‘iziston harbiylariga qarshi namoyishlar o‘zgardi. Namoyishlar davom etmoqda. Namoyishlar tufayli dam olish kunlari ham uzaytirilgan. Maktablar 17-yanvargacha ishlamaydi. Hozircha 200 ta zo'ravon politsiya qo'lida. Mamlakatga 2500 ta askar kiritilgan. Mobil internet ham uzilgan. Chet el bilan aloqalar ham uzilgan. Vaziyat og'irlashaverar ekan, nima bo'lishi dargumon. Andoza:Youtube. Қазақстан жаңалықтары Andoza:Internet saytlari Andoza:Qo‘shma Shtatlardan AMERIKA OVOZI