Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya III marafoni

Eng oxirgi fikr: 6 kun oldin (Boboyev1996 tomonidan „Savollar (01.05)“ mavzusida)

Savollar (01.05) tahrir

Avvalambor, assalomu alaykum, marafon hakamlari va tashkilotchilar. Bir qancha men uchun tushunarsiz boʻlgan mavzularda savollarimni bermoqchi edim. Javob uchun rahmat.

  1. WikiNations marafon bilan parallel start oladi deyilgan edi. May oyi qaysi davlat oyligi ekanligi nega eʼlon qilinmadi yoki bu haqida qandaydir (masalan keyinroqqa surilgan boʻlsa yoki shunga oʻxshash nimadir sodir boʻlgan boʻlsa) oʻzgartirish kiritilmadi? Qachon aniq boʻladi va eʼlon qilinadi may oyi qaysi davlat oyligi ekanligi?
  2. Avval ishtirok etish uchun roʻyhatdan oʻtish shartlaridan biri boʻlgan passportni rasmini yuklash sharti qaysi Oliy taʼlim muassasidan ekanligini aniqlashda yordam berishi iddao qilingan edi. WikiStipendiya kanalida Jamoa a’zolarining bir ta’lim muassasada o‘qishi yoki aynan talaba bo‘lishi talab qilinmaydi deya post joylandi. Ammo WikiStipendiya kanalida eʼlon qilingan postdan google formni toʻldirish olib tashlanmaganini bilish mumkin. Endi savolim shundayki, Vikipediyada har bir tahrirchi shaxsini ochiqlamaslik huquqiga ega boʻlgan joyda nega asossiz soʻralyabdi. theZOOMERkid 💬 16:21, 1-May 2024 (UTC)Javob berish
shuningdek WikiMedia Foundation maxfiylik siyosati bandi ham sizning fikrlaringizni tasdiqlaydi PanPanChik #yozish 16:51, 2-May 2024 (UTC)Javob berish
Assalom aleykum agar loyihada qatnashishni istasangiz shartlardan biri boʻlgan google formni toʻldirish majburiy. Kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan ishlar hisobga olinib google form tashkillashtirilgan. Sizni shahsingizga tashkiliy jamoada xech kimda qiziqish yoʻq, men bunga kafolat beraman. Agar shunchalik shahsingizni sir saqlashingiz muhim boʻlsa unda marafonda qatnashmasligingiz mumkin. Zero qoida hamma uchun barorbar. Jahongir Boboyev (munozara) 08:01, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
Yana bir gap maxfiylik siyosati wikipedia saytida, biz berilayotgan maʼlumotlarni wikipediaga kiritish uchun soʻramayapmiz. Savolda ham javobda ham sal mantiqni ishlataylik! Jahongir Boboyev (munozara) 08:09, 3-May 2024 (UTC)Javob berish
„WikiStipendiya III marafoni“ loyiha sahifasiga qaytish.