Vikipediya munozarasi:Yaxshi maqola nomzodlari/Saparmurod Niyozov

Nominator(lar): Umarjon Rahimov

Maqola birinchi nomzodlikda tasdiqlanmadi. Ikkinchi nomzodlikda munozara berilgan taklifga asosan shu sahifaga olib oʻtildi. Oʻzbekcha Vikipediyada „yaxshi“ statusiga takroran nomzod qilyapman. Slovencha Vikipediyada tanlangan, Nemischa Vikipediyada yaxshi maqola statusini olgan. Maqola uchun {{Turkmaniston yetakchilari}} navigatsion andozasi ham kamina tomonidan yaratilgan.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Asadbek Botirqulov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Diwikiped ovoz bering! Umarjon Rahimov (munozara) 15:18, 9-Iyul 2023 (UTC).

Fikrlar

tahrir

Ushbu maqola Umarjon Rahimov tomonidan 24 -iyun kuni Yaxshi maqola nomzod sifatida qoʻyilgan. Ammo 14 kun davomida yetarlicha ovoz toʻplay olmagani sababli administrator Laziz Baxtiyorov tomonidan bugun 8-Iyul soat 07:46 da bajarilmadi degan xulosa chiqarilgan. Bunga rozi boʻlmagan Umarjon Rahimov qayta sanalariga ham eʼtibor bermay 10:58, 24-Iyun sanasi bilan nomzodligini qoʻygan. Shuningdek ushbu maqolani tuzatgani va qayta qoʻyilayotgani haqida ogohlantirish bermagan. Shu sababli Hurmatli administratorlar Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Panpanchik, Artemev Nikolay va yangi adminisratorimiz Salazarov ushbu maqolani zudlik bilan nomzodlikdan olib qoʻyishingizni iltimos qilaman. Bu boshqalarga ham oʻrnak boʻlsin. Boshqalar ham oʻz fikrini bayon etadi degan umiddaman. —   Mirzoulugʻbek |@  14:48, 8-Iyul 2023 (UTC)

Men statusli maqolalar soni oshishini istayman va shu maqsadda YM uchun nomzod berganman. Administrator Laziz Baxtiyorov tomonidan shoshqaloqlik bilan, asossiz ravishda bajarilmadi deb xulosa berilgan. U mazkur xulosasini biror asos bilan izohlashni istamagan. Vaholanki, ikki hafta muddat davomida uning va boshqa administratorlarning takliflari asosida maqola qayta tahrirlangan edi. Bunday holatda, 2ta yoʻl bor, nazarimda: Laziz Baxtiyorov xulosasini bekor qilish yoki yangidan nomzod berish. Bunda nomzodlikka berish muddatiga doir qandaydir tartib koʻzda tutilmagan. Umarjon Rahimov (munozara) 16:01, 8-Iyul 2023 (UTC).
Maqolalarga doir xulosa chiqarishda oʻzimning oʻqib chiqqanim hamda umumiy ovozlar sonini inobatga olganman. Xususan, nomzodlikdagi maqolaga berilgan ovozlar nisbatida uchta rozi va ikkita YM statusi kriteriylariga mos kelmaydi deya qarshi ovoz berilgan. Qarshi ovoz berganlardan biri natija chiqarilish kunigacha fikri oʻzgarishi mumkinligini aytib, shu kunda oʻzgartirmaganligi koʻzga tashlandi. Shuningdek, Fikrlar boʻlimida men tomonimdan baʼzi iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagani taʼkidlangan. Ushbu iddaolar munozara yakuniga qadar saqlanib, manbalar bilan tasdiqlanmadi (bular: [1999-yilda Turkmaniston Assambleyasi Niyozovni mamlakatning umrbod prezidenti deb eʼlon qildi]; [Onasi Gurbansultan vafotidan soʻng, bolalar uyida oʻsdi. Keyinchalik, uzoq qarindoshlari bilan yashadi.]; [1960-yildan foydali qazilmalarni qidirish ishlari tashkilotlari kasaba uyushmasida instruktor bo‘lib ishlagan. 1963-yilda Leningrad politexnika instituti muhandislik fakultetiga oʻqishga kirdi. Institutda rus-yahudiy oilasidan boʻlgan boʻlajak rafiqasi Muza Melnikova bilan tanishdi. Shuningdek, 1962-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. 1967-yilda Leningrad politexnika institutini muhandislik ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, Ashxobodga qaytib keldi.] kabilar). Xulosa chiqarish jarayonida yuqoridagi asoslarni inobatga olgan holda harakat qilganman. Hurmat bilan Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:15, 8-Iyul 2023 (UTC)
„Ushbu iddaolar munozara yakuniga qadar saqlanib, manbalar bilan tasdiqlanmadi“ deganda ikki hafta oldingi tahrirlarni nazarda tutyapsiz. Kechagi tahrirda esa, siz keltirgan iddaolarning barchasi manbalar bilan tasdiqlangan edi. Har bir gapga manba qoʻyilavermaydi. Sizdan nima uchun yangi tahrir bilan tanishib chiqmay turib, xulosa berib yuborganingizni soʻraganimda biror javob yozmadingiz. „Qarshi ovoz berganlardan biri natija chiqarilish kunigacha fikri oʻzgarishi mumkinligini aytib, shu kunda oʻzgartirmaganligi koʻzga tashlandi“ degansiz. Lekin bu administrator fikrini aytgan edi. Umarjon Rahimov (munozara) 16:59, 8-Iyul 2023 (UTC).
Man sizga yuqoridagi javobni yozayotgands ayni amaldag, soʻnggi tahrirdan nusxa koʻchirganman. Qolaversa, siz ilova qilgan administratorning fikri xulosa chiqarib boʻlingandan keyin aytilmoqda Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:07, 8-Iyul 2023 (UTC)
Hozirgi tahrirni yaxshilab tekshirib, gapingizga isbot keltirib bering. Jamoadan bemaslahat, ogohlantirishsiz munozarani yopib yuborgansiz. Qolaversa, Mirzoulugʻbek „qoʻyilayotgani haqida ogohlantirish bermagan“ debdi, lekin men bu haqida guruhimizda yozgandim. „14 kun davomida yetarlicha ovoz toʻplay olmagani sababli“ degan. 3ta rozi ovoz yetarlicha emasmikan? Umarjon Rahimov (munozara) 17:29, 8-Iyul 2023 (UTC).
Xulosa chiqarishda rozi va qarshi ovozlar nisbati hisobga olinadi. Buni mendan koʻra yaxshiroq bilasiz deb oʻylayman Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:45, 8-Iyul 2023 (UTC)
Isbot esa amaldagi matn tarkibida turibdi. Menimcha siz hali toʻliq tanishib ulgurmadingiz Laziz Baxtiyorov (munozara) 17:47, 8-Iyul 2023 (UTC)
Hurmatli Umarjon administrator Laziz Baxtiyorov sanoqlarda adashmagan va toʻgʻri xulosa chaqargan. Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmagan. Hozirda Oʻzbek tilidagi vikipediyaning foydalanuvchilari koʻpayib borayotganini inobatga olgan holda bir maqolaga 3 ta ovoz kamlik qiladi. Shuningdek ikki nafar tajribali adminlar qarshi ovoz berganini hisobga olganda maqolangizga qarshi ovoz berganlar ham yetarli degani.   Mirzoulugʻbek |@  17:55, 8-Iyul 2023 (UTC)
„bir maqolaga 3 ta ovoz kamlik qiladi“. Bunga asos bormi? Qarshi ovoz berganlardan biri shartli ravishda „Natija chiqarilish kunigacha statusga mos holatga keltirilsa fikrimni oʻzgartirishim mumkin.“ deb yozgan. Berilgan vaqt ichida hammasi mos holga keltirilgan. Yuqorida yozganlarimni tushungandirsiz. Men siz aytayotgan iddaolarga manba keltirganman. Munozarada berilgan ovozlarning asosli ekaniga va ovoz beruvchining tahrirlariga, hissasiga qaraladi. Umarjon Rahimov (munozara) 18:07, 8-Iyul 2023 (UTC).
Tortishib oʻtirsak, foydasi yoʻq. Menda boshqa taklif bor. Oldingi munozara natijalariga eʼtiroz bildirish jarayonini Munozara:Saparmurod Niyozov sahifasiga olib oʻtsak nima deysizlar? Oʻsha munozara natijalari oʻlaroq, maqolaga status beriladi/berilmaydi. Kagansky, Jamshid Nurqul, Panpanchik, Artemev Nikolay, Salazarov fikringizni bildiring. Umarjon Rahimov (munozara) 22:43, 8-Iyul 2023 (UTC).
Boʻladi. Faqat, mana bu yerdagi munozaraga koʻchirish kerak Vikipediya munozarasi:Yaxshi maqola nomzodlari/Saparmurod Niyozov. — Kagansky munozara 11:13, 9-Iyul 2023 (UTC)

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
„Yaxshi maqola nomzodlari/Saparmurod Niyozov“ loyiha sahifasiga qaytish.