Viktor Petrovich Golovin (1954-yil 21-mart, 2007-yil 18-may, Moskva) Sovet va rus sanʼati tarixchisi. Sanʼat tarixi doktori, professor, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarix fakulteti umumiy sanʼat tarixi boʻlimi boshligʻi. Italiya uygʻonish sanʼati sohasi mutaxassisi.

Viktor Golovin
Tavalludi 21-mart 1954-yil
Toshkent, SSSR
Vafoti 18-may 2007-yil
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Ilmiy unvoni professor

Hayoti

tahrir

Golovin 1954-yil 21-martda Toshkentda tavallud topgan. Uning otasi harbiy uchuvchi Pyotr Agafonovich Golovin, yoshligida oʻgʻlining boʻlajak universitet ustozi V. N. Grashenkov[1] bilan birga Oʻrta Osiyoda xizmat qilgan. Golovin oʻrta maktabni Moskvada tamomlagan. 1971-yilda Moskva davlat universitetining tarix fakultetining sanʼat tarixi boʻlimiga oʻqishga kirdi. U yerda oʻsha paytda yetakchi olimlar V. N. Lazarev, D. V. Sarabyanov, V. V. Pavlov, G. I. Sokolov, N. M. Nikulina, K M. Muratova, O. S. Popovalar, M. A. Ilyin, M. A. Reformatskaya, O. S. Yevangulova, V. V. Kirillov, Y. K. Zolotov, M. M. Allenov, I. L. Matsa, V. M. Vasilenko, A. S. Zaitsev, V. S. Turchin, R. V. Savko, R. S. Kaufman va M. N. Yablonskayalar dars berishgan.

Viktor Aspiranturani tugatgach, „Italiyada ilk Uygʻonish davrida haykaltaroshlik va rangtasvir munosabatlari toʻgʻrisida“ [2] nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1981-yilda Moskva davlat universiteti tarix fakultetining xorijiy sanʼat tarixi kafedrasida (hozirgi umumiy sanʼat tarixi kafedrasi) dastlab assistent, soʻngra dotsent (1988), koʻp yillar mobaynida kafedra mudiri oʻrinbosari (1989), soʻngra professor (2003) hamda „Umumiy sanʼat tarixi“ kafedrasi mudiri (2003) lavozimlarida ishlagan. 2002-yilda „Italiyaning ilk Uygʻonish davri rassomlari dunyosi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Golovin oʻz joniga qasd qilgan va Moskvadagi Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn etilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Golovin V. P. K 70-letiyu Viktora Nikolaevicha Graщenkova // Voprosi iskusstvoznaniya. VIII. M., 1996. S. 5 – 6
  2. Golovin V. P. K voprosu o vzaimosvyazi skulpturi i jivopisi rannego florentiyskogo Vozrojdeniya // Problemi istorii antichnosti i srednix vekov. M., 1978. S. 22 – 32; On je. Donatello v Padue // Problemi istorii antichnosti i srednix vekov. M., 1979. S. 34 – 42.
  3. „Могила В. П. Головина“. 2017-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-may.