Viloyat sudi — QR jinoyat ishlari boʻyicha OSi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi va sud rayosati hamda sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi. QR fuqarolik ishlari boʻyicha OSi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi va sud rayosati hamda sudlov hay’atlari tarkibida ish olib boradi. QR Osi, Viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:

  1. Oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiya sudi sifatida, apelyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi;
  2. Tumanlararo, tuman sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amalyotini umumlashtiradi;
  3. Sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
  4. Sudlarning kadrlari oshirilishini tashkil qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi