Ivan Vinogradov
(Vinogradov Ivan Matveevichdan yoʻnaltirildi)
Ivan Matveevich Vinogradov (1891.2.9, Pskov viloyati — 1983.20.3, Moskva) — rus matematigi, akademik (1929). Sobiq Ittifok Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori (1932-yildan). Ilmiy ishlari turli arifmetik funksiyalarning yigʻindisini ifodalovchi taqribiy formulalarning aniqligini baholashga bagʻishlangan. Koʻp ishlari Varing muammossht hal etishga oid. Vinogradov har bir toq sonni uchta tub son yigʻindisi shaklida ifodalashning asimptotik formulasini chiqardi (1937). Vinogradov oʻzi yaratgan trigonometrik yigʻindilar usulini yanada takomillashtirdi va turli-tuman boshqa masalalarga tatbik qildi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |