Viola Irene Desmond (inglizcha: Viola Irene Desmond, Devis yoki Davis deb chaqirilgan, 1914-yil 6-iyul Halifax,1965 - yil 7-fevral Nyu-York, AQSh) - kanadalik ishbilarmon ayol, irqiy segregatsiyaga qarshi kurashuvchi sifatida tanilgan.

Viola Desmond
Viola Irene Desmond
Viola Desmond
Tavalludi
Viola Irene Davis

1914-yil 6-iyul
Halifax, Nova Scotia, Kanada
Vafoti

February 7, 1965

New York City, New York, U.S
Nyu York Sity, Nyu York, AQSh
Fuqaroligi Kanada
Kasbi tadbirkor va jamoat arbobi

BiografiyasiTahrirlash

Oilasi va biznes karyerasiTahrirlash

Viola Irene Desmond 1914-yilda Galifaksda (Kanada) ko'p bolali oilada tug'ilgan, u yerda undan tashqari yana 10 nafar aka-uka va opa-sinlisi bor edi. Uning otasi Jeyms Albert Devis o'rta sinf qora tanli oilasidan chiqqan, bir necha yil port yaqinida yuk tashuvchi bo'lib ishlagan, keyin o'zining sartaroshxonasini ochgan. Violaning onasi Gvendolin oq tanli ruhoniyning qizi edi. Uning oilasi Konnektikutdan Halifaxga ko'chib o'tdi. Devis oilasi Halifaxdagi yirik negrlar jamiyatining ajralmas qismi edi[1].

Halifaxdagi ikkita qora tanli maktabda o'qituvchilik qilganidan so'ng, Viola Desmond Monrealdagi Kosmetologiya dala maktabiga o'qishga kirdi. Kosmetologiya dala maktabi o'sha paytda Kanadadagi qora tanli talabalarni qabul qilgan kam sonli oliy o'quv yurtlaridan biri edi. U Atlantik Siti va Nyu-Yorkda o'qishni davom ettirdi va Halifaxga qaytib kelgach, u yerda asosan qora tanli mijozlariga xizmat ko'rsatadigan go'zallik salonini ochadi. Biznesi foydali bo'ldi va Viola Desmond birinchi navbatda kosmetologiya maktabini ochib, o'qitishni boshladi (uning tarkibiga Nyu-Brunsvik va Kvebekdan kelgan qora tanli talabalar bor edi va yiliga 15 tagacha talabaning o'qishi imkoni bor edi), so'ngra butun Yangi Shotlandiya provinsiyasi bo'ylab salon tarmog'ini kengaytirdi[1].

Kinoteatrdagi voqeaTahrirlash

1946-yil 8-noyabrda Yangi Shotlandiyaning Sidney shahridagi ish masalasida uchrashuviga ketayotib, Viola Desmondning mashinasi Nyu-Glazgodagi kichik shaharchada buzilib qoldi va uni tuzatish uchun bir necha soat vaqt ketishi mumkin edi. Vaqt o'tishini kutmay Viola Desmond "Dark Mirror"[2] filmini ko'rish uchun kinoteatrga borishga qaror qildi. Roseland kinoteatrining kassasida u zalga kirishga chipta so'radi, lekin buning o'rniga kassir uni balkon uchun mo'ljallangan chiptani berdi. Zal o'rindiqlari odatda rangli odamlar uchun ajratilgan edi(Kanadada irqiy bo'linish yo'q edi, lekin bu yillarda ham segregatsiya holatlari uchrab turgan). Bunga e’tibor bermay, Viola Desmond zalga kirmoqchi boʻldi, biroq chipta sotuvchisi uni toʻxtatib, uning chiptasi faqat balkondagi oʻrindiqlar uchun amal qilishini koʻrsatdi. Viola Desmond kassaga qaytib keldi va narxdagi farqni toʻlashini aytib, chiptani almashtirishni soʻradi. Biroq kassir “u va u kabi” odamlar uchun zal chiptalarini sotishga ruxsat berilmaganini aytib, buni rad etdi. Viola Desmond qaysarlik qilib eski chipta bilan zalga kirmoqchi bo'lganida, uni zaldan sudrab olib chiqishib, politsiyaga olib borib topshirishdi. Hibsga olish paytida u son va tizzasidan jarohat olgan[1].

Viola Desmond tunni kamerada o'tkazdi va ertasi kuni ertalab provinsiyadagi ko'ngilochar tadbirlarga kirish solig'ini to'lashdan bo'yin tovlashga uringanlikda ayblanib, sudya huzuriga sud qilingani olib chiqildi (Rouzlenddagi balkonga va zaldagi o'rindiq uchun chipta solig'i bir sentga farq qilgan). Garchi Viola Desmond narx farqini joyida to'lashga tayyorligini ta'kidlagan bo'lsa-da, sud (teatr menejeri Henry McNeil tomonidan ayblangan) uni 26 dollar jarima to'lashga majbur qildi. Sud majlisida Viola Desmondga advokat tayinlanmagan va ogohlantirilmagan ham. Unga hatto bunga haqqi borligi haqida ham xabar berilmagan[1].

Nyu-Glazgodagi sud majlisi davomida Viola Desmondning irqiy kamsitilishi tilga olinmagan. Biroq, u o'zining haqiqiy "jinoyati" oq tomoshabinlar uchun ajratilgan o'rindiqni egallashga urinayotgani ekanligini aniq ko'rdi. Keyinchalik Toronto Daily Star gazetasiga bergan intervyusida Henry McNeil qora tanlilar uchun zaldagi o'rindiqlarga chipta sotishga rasman taqiq yoʻqligini, ammo qora tanlilarning faqat balkonda oʻrin egallashi “kelishilganligi”ligini ta’kidladi. Violaning turmush o'rtog'i, biznesmen Jack Desmond ko'p marta shunga o'xshash norasmiy kamsitishlarga duch kelgan. Unga bu ishidan voz kechishni maslahat bergan[1]. Biroq, o'zining doimiy mijozlaridan birining maslahatiga ko'ra, Viola Desmond Yangi Shotlandiya Rangli Rivojlanish Assotsiatsiyasiga shikoyat qilishga qaror qildi (inglizcha: Nova Scotia Association for the Advancement of Coloured People, NSAACP)[2]. Clarion gazetasi asoschisi va irqiy tenglik faoli, besh yil oldin huddi shu kinoteatrda huddi shunday vaziyatga tushib qolgan va keyin uning egasiga qarshi fuqarolik da'vosida yutqazgan Curry Best[1] Viola Desmondning himoyasida faol qatnashdi.

Keyingi davrTahrirlash

 
Galifaksdagi Viola Desmondning qabri

Desmondning sud jarayoni, jamoatchilik bilan birga, viloyatning ba'zi ko'zga ko'rinarli oq tanli aholisining tanqidiga sabab bo'ldi. Viola Desmond irqiy nafrat qo'zg'atuvchisi deb atalgan va uning harakatlari qora tanlilar uchun teng huquqlilik uchun kurash bilan hech qanday aloqasi yo'qligiga ishora qilingan. Apelyatsiya rad etilgandan so'ng, advokat Bissett o'z mijozidan to'lov olishdan bosh tortdi va shu vaqtgacha yig'ilgan mablag'larni NSAACP tomonidan irqiy segregatsiyaga qarshi kurashni davom ettirilishi uchun ishlatilgan. Keyinchalik Viola Desmondning nikohi buzildi ("Kanada Ensiklopediyasi"da uning da'vosi haqida yozilgan), u Yangi Shotlandiyadagi biznesini yopdi va Monrealga ko'chib o'tdi. U 1965-yilda Nyu-Yorkda, Yangi Shotlandiyadada irqiy boʻlinish taqiqlanganidan 11 yil oʻtib vafot etgan[1].

XotirasiTahrirlash

Viola Desmondning hikoyasi bir necha o'n yillardan keyin, birinchi navbatda, uning singlisi Vanda Robsonning sa'y-harakatlari tufayli qayta ko'tarildi. 2010-yilda Robsonning "Jasorat opasi" kitobi nashr etildi (inglizcha: Sister to Courage). O'sha yilning aprel oyida, Viola Desmond o'limidan so'ng Yangi Shotlandiya leytenant gubernatori Myann Frensis tomonidan Galifaksda o'tkazilgan maxsus o'tkazilgan sud jarayonida oqlandi, ushbu marosimda provinsiya bosh vaziri Darrell Dekster ham rasmiy ravishda Viola Desmondga chiqarilgan hukm uchun uzr so'radi[1]

2010-yilda Yangi Shotlandiyadagi Keyp Breton universitetida ijtimoiy adolat bo'yicha Viola Desmond kafedrasi tashkil etildi. 2012-yilda Canada Post uning portreti tushirilgan shtampni chiqardi[1]. 2016-yil dekabr oyida shu paytgacha "Kanadalik Roza Parks " nomi bilan mashhur bo'lgan Desmond portreti (garchi uning jarayoni AQShdagi Roza Parks aksiyasidan to'qqiz yil oldingi bo'lsa ham) kanadalik ayolning birinchi portreti deb e'lon qilindi. Mahalliy banknotlarda, birinchi bosh vazir - Kanada vaziri Jon A. MakDonaldning 10 dollarlik banknotdagi suratini o'rniga Viola Desmondning surati qo'yildi. Banknotga kanadalik ayolning portretini kiritish qarori oʻsha yilning mart oyida qabul qilingan va Viola Desmond banknotaga surat quyishda o'tkazilgan so'rovnomadamoxavk yozuvchisi Paulin Jonson, samolyot muhandisi Elsi MakGill, yengil atletikachi Bobbi Rozenfeld va sufragist jurnalist Idola Sent kabi nomzodlarni ortda qoldirdi[4]. Desmond portreti tushirilgan banknotlarning bosib chiqarilishi 2018-yilga mo'ljallangandi. Ammo 2017-yilda Kanadaning 150 yilligi munosabati bilan o'tmishning to'rtta muhim shaxsi, shu jumladan Kanadaning birinchi ayol parlament a'zosi bo'lgan Agnes Makfeyl portretlari tushirilgan 10 dollarlik banknot chiqariladigan bo'ldi[5].

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Russell Bingham, Eli Yarhi. „Viola Desmond“. The Canadian Encyclopedia (27-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Heritage Minutes: Viola Desmond“. Historica Canada (2016). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
  3. Backhouse, Constance (2001). "The Historical Construction of Racial Identity and Implications for Reconciliation". Ethnocultural, Racial, Religious, and Linguistic Diversity and Identity Seminar, Halifax, Nova Scotia. pp. 20. Archived from the original on 2017-01-31. https://web.archive.org/web/20170131195914/http://canada.metropolis.net/EVENTS/ethnocultural/publications/historical.pdf. Qaraldi: 2017-03-29.  Arxivlandi 20170131195914 at canada.metropolis.net Error: unknown archive URL
  4. Kathleen Harris. „Black rights activist Viola Desmond to be 1st Canadian woman on $10 bill“. CBC (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.
  5. „Video: New $10 bill features Agnes Macphail, not Viola Desmond“. CityNews (7-aprel 2017-yil). Qaraldi: 1-avgust 2017-yil.

HavolalarTahrirlash

  • Russell Bingham, Eli Yarhi. „Viola Desmond“. The Canadian Encyclopedia (27-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 29-mart 2017-yil.