Vitaliy Rudenchenko
Vitaliy Alekseyevich Rudenchenko (1940-yil 3-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1985-yil 13-noyabr, Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi) — rus rassomi[1]. 1975-yildan Rassomlar uyushmasi aʼzosi[2][3], Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Ilishevsk tumani faxriy fuqarosi. „Malyarlar“ (ruscha: „Маляры“; 1974), „Ekspluatatorlar“ (ruscha: „Эксплуатационники“; 1977), „Burg'ilash ustasi A. S. Kostelevskiy brigadasi“ (ruscha: „Бригада бурового мастера А. С. Костелевского“; 1978—1979), „Arlanneft“ neft va gaz qazib olish boshqarmasi boshligʻi N. S. Knyazev (ruscha: „Управляющий НГДУ „Арланнефть“ Н. С. Князев“; 1978), Respublikada xizmat ko'rsatgan neftchi P. R. Mannanov“ (ruscha: „Заслуженный нефтяник республики П. Р. Маннанов“; 1979), „Operator S. N. Matveyeva“ (ruscha: О„ператор С. Н. Матвеева“; 1980), „Muloqot“ (ruscha: „Диалог“; 1983), „Qishloq chekkasi“ (ruscha: „Окраина деревни“; 1983), „Kechki soat beshda“ (ruscha: „В пять часов вечера“; 1984) kabi mashhur suratlar muallifi[2][4].
Vitaliy Alekseyevich Rudenchenko | |
---|---|
ruscha: Виталий Алексеевич Руденченко | |
Tavalludi |
3-fevral 1940-yil |
Vafoti |
13-noyabr 1985-yil (45 yoshda) Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Taʼlimi | Ilya repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik instituti (1974) |
Kasbi | Peyzaj, portret yoʻnalishi rassomi |
Faoliyat yillari | 1974—1985 |
Tarjimayi holi
tahrirVitaliy Rudenchenko 1940-yil 3-fevral Oʻzbekiston SSR, Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan[1][3]. 1966-yili Toshkent shahridagi Pavel Petrovich Benokov nomidagi rassomchilik bilim yurtini tugatgan[5]. 1974-yilda Rudenchenko Ufaga keladi[2] va bu yerda „Arlan neftchilari“ (ruscha: „Нефтяники Арлана“) mavzusidagi diplom ishi uchun material toʻplaydi[2][4]. 1974-yilda Ilya Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik instituti (hozirgi Sankt-Peterburg Badiiy sanʼat akademiyasi) rang-tasvir fakultetini tamomlagan[1]. Rassomning diplom ishi Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Neftekamsk shahridagi neftchilar madaniyat saroyi uchun „Neftchilar“ (ruscha: „Нефтяники“) pannosining eskizlari boʻlgan[3]. Boshqirdistonning poytaxti Ufadagi Ilishevsk tumanida yashab, u yerdagi neft konlariga tashrif buyurgan, burgʻilash ishida ishlovchi ishchilar orasida yashaydi. Rassom o‘z asarlarida zamondoshlarining obrazlarini jonlantirib, asosan portretlar chizgan. Rudenchenko 1970—1980-yillardagi boshqird tasviriy sanʼatining yetakchi namoyandalaridan biri hisoblanadi. Ayrim rasmlari 1983-yilda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Verxneyarkeyevo (boshqirdcha: Үрге Йәркәй) qishlogʻida rasmlar galereyasiga asos solinishiga sababchi boʻlgan.
Rassom 1985-yil 13-noyabrda Ufa shahrida avtohalokat natijasida vafot etgan[1][4].
Rudenchenkoning suratlari Mixail Vasilyevich Nesterov nomidagi Boshqird davlat sanʼat muzeyida[2] hamda Boshqirdiston respublikasi Ufa, Neftekamsk, Amzyada joylashgan rasmlar galereyasi va xususiy kolleksiyalarda saqlanmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Руденченко Виталий Алексеевич (1940 - 1985)“. 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „РУДЕНЧЕНКО Виталий Алексеевич“. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Виталий Алексеевич Руденченко“. 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Валентина Сорокина. „Мелодии жизни О ТВОРЧЕСТВЕ ХУДОЖНИКА ВИТАЛИЯ РУДЕНЧЕНКО“. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
- ↑ „Выставка памяти художника Виталия Руденченко открылась в Уфе“ (2011-yil 26-yanvar). 2023-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.