Vladimir Andreyevich Pazdzerskiy (pol. Wladimir Pazdzierski, rus. Владимир Андреевич Паздзерский, 25-aprel 1934, Toshkent — 3-sentyabr 2004, Toshkent)

Vladimir Andreyevich Pazdzerskiy
Tavalludi 25-aprel 1934-yil
Vafoti 3-sentyabr 2004-yil(2004-09-03)
(70 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Kasbi Nazariyotchi fizik, ToshDU nazariy fizika kafedrasi professori
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston

Ota-onasi XX-asrning 30-yillarida Oʻrta Osiyoga SSRIning Yevropa qismidan «xalq dushmanlari» sifatida surgun etilgan.

Vladimir Pazdzerskiy Toshkent shahrining 50-maktabni oltin medal bilan bitirgach, Oʻrta Osiyo Davlat Universitetining Astronomiya kafedrasida oʻqishni boshladi. Oʻqishning 3-yilida astronomiya kafedrasi «xalq xoʻjaligiga kerak emas» deya markaziy hukumat qarori ila yopilgandan soʻng Pazdzerskiy nazariy fizika kafedrasida taʼlim olishni davom ettirdi. Bitirgandan keyin unga kafedrada assistent lavozimi taklif etildi.

1961-yilda Vladimir Pazdzerskiy va Hatam Valiyev yosh mutahassislar sifatida Moskvaga S.S.R.I. Fanlar Akademiyasining Fizika Institutiga (FIANga) stajirovkaga jönatildi. Bu yerda ular Lev Landauning seminariga va boshqa seminarlarga qatnashish va oʻzlalriga ilmiy rahbar izlash imkoniyati bor edi. Pazdzerskiy mashxur nazariyotchi F.Y. Fainbergda oʻz ilmiy rahbarini topdi. Fainberning yetakchiligidagi birinchi ishlari u paytda dolzarb boʻlmish pionlarning deytronlar bilan taʼsiri va pionlarning fototugʻilishi mavzusiga bagʻishlangan.

1961-yilda FIANning ilmiy kengashida yuqorida nomlangan ilmiy ishlar asosida fizika-matematika fanlari nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

1993-yilda Pazdzerskiy Toshkent Davlat Universitetining nazariy fizika mahsus ilmiy kengashida fizika-matematika fanlari doktori darajasi dissertatsiyasini yoqladi.

1997-yilda Oʻzbekiston hukumati qaroriga asosan «Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan taʼlim arbobi» davlat mukofotiga sazovor boʻldi.

Toshkent shahrining Botkin qabrstonida koʻmilgan.

Asarlari tahrir

  • "Избранные труды по физике взаимодействия излучения с веществом. Сборник избранных научных трудов профессора В. А. Паздзерского". Ташкент, Национальный университет республики Узбекистан, Кафедра теоретической физики, Изд."Тровант", 2005