Vladimir Smirnov (geolog)
Vladimir Petrovich Smirnov (1884-yil 20-mayda tugʻilgan — 1961-yil 8-iyunda vafot etgan, Krivoy Rog, Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatidagi shahar) — sovet geologi, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1936-yil), professor (1936-yil), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944-yil). III-darajali geologiya xizmati bosh direktori (1948-yil). Otasi — Boris Preobrajenskiy[1]
Biografiyasi
tahrirVladimir Smirnov 1884-yil 20-mayda Rossiya imperiyasining Turgaysk viloyati Karabutak qoʻrgʻonida harbiy shifokor oilasida dunyoga kelgan. Akademik-olimning bolalik yillari Simbirskda oʻtgan. Smirnov 1912-yilda M. V. Bayarunas boshchiligida Kaspiy pasttekisligining shimolidagi neftli tumanlarga uyushtirgan ekspeditsiyasida qatnashgan. U yerda Vladimir Qora-Chungum koʻli pastligidagi neft sigʻimini oʻrganish boʻyicha birinchi geologik-izlanishini olib borgan.
1913-yilda Kiyev universitetini tamomlagan. 1913-1915-yillarda Smirnov Kiyev universiteti va Kiyev tijorat institutida assistent sifatida ishlagan, paleontologiya va geologiyadan talabalarga maʼruzalar oʻqigan. Shu bilan birga u Davlat mulki vazirligining Podolskiy boshqarmasida katta texnik xodim boʻlib ishlagan va u yerda Kiyev viloyati gʻarbiy qismining geologik tuzilishini oʻrgangan. 1915-1918-yillarda Saratovda dars bergan. 1918-yildan Kiyev universitetida faoliyat koʻrsata boshlagan.
1918-1925-yillarda Kiyev xalq uyi, Oliy harbiy-siyosiy bilim yurti, Oliy harbiy pedagogika bilim yurti, tuman harbiy komissarligida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Ushbu maskanlarda qariyb 2 mingga yaqin maʼruza oʻqigan.
- 1925-1928-yillarda Gorskiy nomidagi pedagogika instituti geologiya kafedrasi mudiri;
- 1928-1945-yillarda Samarqand universitetida geologiya kafedrasi mudiri;
- 1945-1947-yillarda Voronej davlat universiteti geologiya kafedrasi mudiri;
- 1947-1956-yillarda Krivoy Rog konchilik institutining umumiy va tarixiy geologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan[2].
- 1956-1961-yillarda geologiya fakulteti asoschisi va birinchi dekani hamda Krivoy Rog shahar kengashi deputati boʻlgan[3]..
Vladimir Smirnov 1961-yil 8-iyunda Ukrainaning Krivoy Rog shahrida vafot etgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirSmirnovning universitetdagi birinchi ilmiy ishi „Ледники и ледниковый период“ mavzusida yozilgan. Shuningdek, Vladimir Smirnov kiyevlik talabalarning tabiat tadqiqotchilari jamiyati tashkilotchilaridan biri boʻlgan.
Olim turli geologik davr va eralarda yer faunasi va florasining migratsiyasini tahlil qilish asosida Yer geologik oʻtmishining fizik-geografik sharoitlarini qayta qurish muammolari (paleogeografiya)ni oʻrgangan. Shu bilan birga, geologiyaning umumiy masalalari ustida ham ilmiy izlanishlar olib borgan. Vladimir Smirnov 80 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi hisolangan.
Ilmiy ishlari
tahrir- Smirnov V. P. Ribi Severo-Kavkazskogo oligotsena // Tr. Uzbekist. Gos. Un-ta 1935—1936. T. 1[4].
Mukofotlari
tahrir- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944-yil);
- Lenin ordeni (1954-yil);
- „3-udarnik pyatiletki“ belgisi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Преображенский Борис Владимирович.“. 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ Кафедра геології і прикладної мінералогії. (Wayback Machine saytida 2019-06-01 sanasida arxivlangan) {(ukr.)
- ↑ Сто років Криворізької міськради [1920—2020 рр.]: альбом / упоряд. О. Мельник, І. Стеблина. — Andoza:К.: Конві принт, 2020. — 175 с. — С. 51.(ukr.)
- ↑ Палеозоология СССР: Библиография отечественной литературы за 1917—1967 гг. Общая часть. Позвоночные / Сост.: Л. К. Бжеленко, Л. Н. Митрошина, А. А. Шевырев; Отв. ред. Т. Г. Сарычева. — M.: Наука, 1974.
Havolalar
tahrir- Смирнов Владимир Петрович // Энциклопедия Криворожья. В 2 т. Т. 2. Л—Я : [укр.] / сост. В. Ф. Бухтияров. — Кривой Рог : Явва, 2005. — С. 501.
- Смірнов Володимир Петрович // Професори КГРІ-КТУ / Кривий Ріг: Видавничий дім КНУ, 2012. — 190 с. — С. 132. ISBN 978-966-2775-04-4.