Vohid Abdullayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Vohid Abdullayevich Abdullayev (1912-yil 15-may, Samarqand, Samarqan viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — 1985-yil 30-iyul, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR ) — taniqli oʻzbek olimi, adabiyotshunos, navoiyshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), filologiya fanlari doktori (1959), professor (1960).
Vohid Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
15-may 1912-yil |
Vafoti |
30-iyul 1985-yil (73 yoshda) Moskva |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirVohid Abdullayev 1912-yil 15-mayda Samarqand shahrida dehqon oilasida tavallud topgan.
1932-yil Fargʻona pedagogika institutini bitirgan. Abdullayev 1935 —1943-yillarda Buxoro va Samarqand pedagogika institutlarining, 1944 — 1969-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand universiteti oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri, 1963-yildan shu universitet rektori. 1930-yildan sheʼrlar, ilmiy maqolalar yoza boshlagan. „Samarqand sayli“ (1970) sheʼriy kitobi nashr etilgan."Navoiy Samarqandda" (1948), "Nishotiy va uning „Husni Dil“ dostoni", "Xoksor va uning „Muntaxab ul-lugʻot“ kitobi" (1955), „Nishotiy va Xoksor“ (1960), „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ (1964), „Saylanma“ (1982) kabi kitoblari oʻzbek adabiyoti va adabiyotshunosligi masalalariga bagʻishlangan. Abdullayevning oliy oʻquv yurtlari uchun „Oʻzbek adabiyoti tarixi“ darsligida XVII-XVIII asrlardagi oʻzbek adabiyoti tarixi tadqiq etilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |