Vokal musiqa – kuylash uchun moʻljallangan musiqa. Vokal musiqaga yakka, ansambl hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholgʻulari joʻrligida yoki umuman joʻrsiz (masalan, katta ashula, a kapella xorlari kabi) ijro etiladigai asarlar kiradi. Barcha turlarida xonanda ovozi yetakchi oʻrin tutadi. Vokal musiqa, asosan, badiiy matn (sheʼriyat) bilan bogʻliq. Shu bilan birga soʻzsiz ijro etiladigan vokaliz ham vokal musiqadir.

Adabiyotlar tahrir