VW Caddy – bu Volkswagen Group konserni Volkswagen Tijorat Transportilari markalariga tegishli engil tijorat avtomobil modelining nomi.

Volkswagen Caddy
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Volkswagen
Boshqa nomlari SEAT Inca, Volkswagen Van
Model yili 1979-yili
Tasnifi
Sinfi LAV, LCV
Komponovkasi PP kompanovka
Platformasi Volkswagen Group A5
Kuch moslamalari
Dvigateli 1,4 l benzin 16V (74 ot.k.)
1,6 l benzin 8V (101 ot.k.)
1,6 l benzin TDI (74 ot.k.)
2,0 l Eco Fuel (108 ot.k.)(KPG)
1,9 l dizel TDI (104 l.s.)
2,0 l dizel SDI (68 ot.k.)(faqat furgon i universal kuzovlar uchun)
2,0 l dizel TDI (140 ot.k.)
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2682 mm
Uzunligi 4405 mm
Kengligi 1802 mm
Balandligi 1833 mm
Vazni 750 kg
Eksteryer
Kuzov turi furgon
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Volkswagen Golf V

Model tarixi

tahrir

Caddy ning birinchi avlodi (14d) VW Golf I (VW Rabbit)pick-up iga asoslangan bulib dastlab Shimoliy Amerika bozori uchun moʻljallangan edi. 1978-yilda taqdim etilgan va 1979-yildan 2007-yilgacha ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi avlod panelli mikroavtobus (Van) versiyasi (9KV) bulib Seat Inca ga asoslangan edi. Undan yagona farq, oldingi niqobni oʻzgargani edi va 1995-yil oxiridan 2003-yil oʻrtalariga qadar ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, Škoda Pick-up 1996-yil oʻrtasidan 2000-yil oxiriga qadar VW Caddy (9U) sifatida taklif qilingan.

2003-yil oxirida VW Touran I asosidagi VW Caddy (2K) bozorga chiqdi. 2010 va 2015-yillarda unga yanada keng qamrovli oʻzgartirishlar kiritildi. VW Caddy ning 2015-yil facelifti toʻrtinchi avlod boshlanishi deb xisoblanadi.

VW Caddy V avlod modeli 2020-yil fevral oyida taqdim etilgan. Soʻnggi ikki avloddan farqli oʻlaroq, Caddy endi Touran I-ga emas, balki VW Golf VIII- ga asoslanadi va shuning uchun MQB platformasidan foydalanadi.

Xususiyatlari

tahrir

Caddy yaratilishi paytida turli xil VW brendlarining turli xil modellariga asoslangan edi. Shunday qilib, birinchi avlod Golf bazasida qurilgan boʻlsa, 9U va 9KV modellari Škoda Pick-up va Seat modellarida asoslangan. Caddy (2K) avlodi bilan u yana Golfga qaytib keladi.

Yana bir oʻziga xos xususiyat – Caddy (9U) ning Škoda Favorit / Felicia asosida yaratilganligi. Bu VW Škodani egallashidan oldinroq yaratilgan boʻlib, VW Caddy (9U) biron bir VW platformasiga asoslanmagan.

Caddy (14D) dastlab „VW Rabbit Pickup“ sifatida sotilgan. Model Yevropada paydo boʻlishi bilan, ismi Caddy deb oʻzgartirilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Caddy deb Cadillac ni atashadi.

Ishlab chiqarish zavodlari

tahrir
  • Caddy (14D) Westmoreland (Pensilvaniya, AQSh) VW fabrikasida 1979 dan 1993-yilgacha ishlab chiqarilgan. Yevropa bozoriga chiqish uchun keyingi ishlab chiqarish Sarayevoda TAS- da joylashgan edi, ammo 1992-yilda Bosniya urushi tufayli toʻxtatilgan. Ushbu model shuningdek 2007-yilgacha Janubiy Afrikada Golf I bilan parallel ravishda ishlab chiqarilgan.
  • Caddy (9KV) Martorellda (Ispaniya) qardosh model Seat Inca bilan bir vaqt konveyer liniyasidan chiqishni boshlagan.
  • 9U modeli Kvasinyadagi (Chexiya) joylashgan Škoda Auto ning Pick-up bilan parallel ravishda ishlab chiqarilgan.
  • Hozirgi avlod 2K ning barcha Caddy -lari Poznan (Polsha) shahridagi VW zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Galereya

tahrir

Oʻzbekistonda ishlab chiqarish

tahrir

Oʻzavtosanoat AJ va Volkswagen Group RUS kompaniyasi 2020-yilda Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Kelishuv predmeti Jizzax EIZda Jizzax avtomobil zavodi MChJ bazasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarilgan texnikani sotish tizimini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Zavod Volkswagen konsernining yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan modeldagi yengil tijorat avtomobillarini toʻliq sanoat sikli boʻyicha ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Zavod ishlab chiqarish quvvati – yiliga 20 000 dona avtomobilni tashkil etadi. Volkswagen Group RUS yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va jarayonlarini taqdim etadi, shuningdek xodimlarni oʻqitishni amalga oshiradi. Zavod Volkswagen konsernining ishlab chiqarish, sifat, xaridlar, yetkazib berish va sotuv tizimlari boshqaruvi borasidagi zamonaviy standartlariga muvofiq ish yuritadi. 2021-yildan boshlab V avlod modeli ishlab chiqariladi. 2020-yil 27-iyul kuni Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Avtomobil uch xil koʻrinish va komplektatsiyada taklif etiladi:

  • Cargo (yuk tashuvchi versiyasi) – 172,1 million soʻm;
  • Kombi (aralash versiya) – 190 million soʻm;
  • Trendline (yoʻlovchi tashuvchi versiyasi) – 221,9 million soʻm.[1]
  1. https://daryo.uz/2020/07/27/ozbekistonda-sotuvga-chiqariladigan-volkswagen-caddy-avtomobillari-narxi-elon-qilindi/