Vollaston prizmasi
Vollaston prizmasi Uilyam Xayd Vollaston tomonidan ixtiro qilingan bo'lib, qutblangan yorug'likni boshqaradigan optik qurilma. U yorug'likni ortogonal qutblangan ikkita alohida chiziqli polarizatsiyalanib chiquvchi nurlarga ajratadi. Ikkila nur ham ikkita to'rtburchak prizmaning optik o'qiga muvofiq holatda qutblangan bo'ladi.
Vollaston prizmasi ikki sinuvchi materialdan tayyorlangan, ikkita ortogonal boʻlgan prizmalardan iborat - odatda kaltsit kabi bir o'qli material. Ushbu prizmalar o'zlarining asoslari chegarasida bir-biriga biriktirilgan bo'lib (an'anaviy ravishda Kanada balzami bilan), optik o'qlari perpendikular boʻlgan ikkita to'rtburchakli uchburchak prizma hosil qiladi. Chiqib kelayotgan yorug'lik nurlari sinish ko'rsatkichlaridagi farqlar tufayli oddiy va g'ayrioddiy nurlar sifatida prizmadan ajralib chiqadi, ajralish burchagi prizmalarning xanjar burchagi va yorug'likning to'lqin uzunligi bilan o'chanadi. Tijorat prizmalar 1 ° dan 45 ° gacha boʻlgan divergensiya burchaklari bilan mavjud.
Eslatmalar
tahrir- „Wollaston prism“. AMS Glossary. Qaraldi: 2013-yil 29-aprel.
- „Molecular Expressions Microscopy Primer: Specialized Microscopy Techniques - Wollaston Prisms: Interactive Java Tutorial“. Florida State University. Qaraldi: 2010-yil 25-may.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |