Volmyon (월명)[1] — shoir, o‘smirligida xvaran bo‘lgan, keyinchalik monarx bo‘lib, Budda Amitabuga [2] sig‘ingan «Pokiza zamin» sektasiga tegishli bo‘lgan. Uning marhum singlisining ruhiga yordam berish uchun yozgan «Marhuma singil uchun iltijo» nomli xyangasi dafn marosimida aytiladigan qo‘shiqlar turkumiga kirgan. Amitabning dunyosi - «Amitabning toza yeri» oddiy xalq buddizmida qayerdadir g‘arbdagi jannat timsolida jonlangan. Amitab — Buddaning bir nomi «Muqaddas Budda». …yo‘lni oxirigacha bosib o‘taman! Bu yerda: «...umrimning qolgan qismini Budda Amitabga haqqoniy xizmat qilib o‘tkazaman».

Marhuma opamni eslab

Qarshingda turar ikki yoʻl:

Biri — hayot, boshqasi — oʻlim.

Sen ketding siItab qoʻl,

Demay bir ogʻiz shirin soʻz.


Kuz kelsa daraxtlardan,

Toʻkilar duv-duv yaproq.

Olib ketar uni shamol,

Qayoqlarga nomaʼlum...


Qachonlardir olis bir oʻIkada,

Diydor koʻrisharmiz sen bilan.

  1. „Volmyon“ (Koreys tili). Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  2. „Amitabha“. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.