Vosit muhofazasi

Iroq maʼmuriy birligi
(Vosit muhofazotidan yoʻnaltirildi)

Vosit muhofazasi (arabcha: محافظة واسط) – Iroq sharqida, Bagʻdodning janubi-sharqida va Eron bilan chegaradosh muhofaza. 1976-yilgacha u Qut viloyati deb atalgan. Yirik shaharlari: Al-Kut, Al-Hay va Al-Suvayra. Muhofazada Mesopotamiyaning Shuvayja, Al-Attariya va Hur Aldelmj botqoqlari joylashgan. Nomi arabcha „oʻrta“ degan maʼnoni anglatuvchi soʻzdan kelib chiqqan, chunki sobiq Vosit shahri Bagʻdod va Basra oʻrtasida Dajla boʻyida joylashgan. Vosit shahri Dajla daryosi yoʻnalishini oʻzgartirgandan soʻng tashlab ketilgan.

Vosit muhofazasi
arabcha: محافظة واسط
muhofaza
Tarkibida  Iroq
Maʼmuriy markazi Al-Kut
YAIM 0.656[1]
oʻrtacha
Aholi (2015) 1,149,059 kishi[2]
Dinlar tarkibi Islom: sunniy, shia
Maydoni 17,153 km²
Xaritada
Vosit muhofazasi xaritada
32°40′0″N 45°45′0″E / 32.66667°N 45.75000°E / 32.66667; 45.75000

Tarixi

tahrir

Qadimgi Shumer shahar-davlati boʻlmish Der Badra shahri yaqinida joylashgan.

Muhofaza Eron-Iroq urushida, xususan, „Botqoqlar jangi“ da ogʻir janglar oʻtkazgan.

2004-yil bahorida Iroqdagi janglar paytida Mahdiy armiyasi 6-apreldan 16-aprelgacha markaz Qutni qisqa muddatga nazorat ostiga oladi va AQSh kuchlari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi.

Demografiyasi

tahrir

Aholisi taxminan 1,450,000 kishi. Aksariyati shia arablari. Botqoqliklar koʻplab botqoq arablarining yashash makoni boʻlgan. Sharqiy Badra va Jassan shaharlarida esa Feyli kurdlar yashaydi. Qutning sharqida kichik Lurish jamoasi mavjud.

2007-yil holatiga koʻra, ishsizlik darajasi 10% va qashshoqlik darajasi 35%[3].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1977415,1—    
1987564,67+36.0%
1997783,614+38.8%
20091,150,079—    
20181,378,723—    

Hukumati

tahrir
  • Hokim: Malik Xalaf[4]
  • Hokim oʻrinbosari: Ahmad Abdu Salom[5] 

Manbalar

tahrir
  1. „Sub-national HDI - Area Database - Global Data Lab“ (en). hdi.globaldatalab.org. Qaraldi: 2018-yil 13-sentyabr.
  2. „Wassit Governorate Profile“. NGO Coordination Committee for Iraq (NCCI) (2015-yil dekabr). 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-aprel.
  3. „IAU - Iraq Information Portal (WASSIT)“. www.iau-iraq.org. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Mohammed. „New governor of Wasit assumes responsibility“. Iraqi News (2015-yil 1-fevral). Qaraldi: 2017-yil 30-aprel.
  5. Bullinger. „Al-Aziziyah Primary Healthcare Clinic Opening Holds Hope for Iraqi People“ (2006-yil noyabr). 2007-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.

Havolalar

tahrir