Vyacheslav Ivanovich Grachev (1973-yil 22-aprelda Toshkentda tugʻilgan) — rossiyalik regbichi va regbi boʻyicha murabbiy, sakkizinchi pozitsiyada oʻynagan. Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi.

Vyacheslav Grachev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vyacheslav Ivanovich Grachev
Tavallud sanasi 22-aprel 1973-yil (49 yosh)
Tavallud joyi Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 191 sm
Ampluasi sakkizinchi (cho‘zilgan)
Laqabi Kulrang ayiq, keksa xizmatkor, Slava amaki
Vazni 108 kg
Mukofotlari Davlat va idoraviy mukofotlar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1987-1991-yillarda Sovet Ittifoqi Zvezda (Toshkent)
1992-1993-yillarda Rossiya Empils (Rostov-na-Donu)
1994-1995-yillarda Rossiya Vest-Zvezda (Kaliningrad)
1996-2001-yillarda Rossiya Yenisey-STM
2002-2005-yillarda Fransiya Montoban
2005-2007-yillarda Fransiya Aviron Bayonne
2008-2011-yillarda Fransiya Sekson-Poluaz
Milliy terma jamoa
1998-2011-yillarda Rossiya Rossiya (73 (155))
Boshqargan klublari
2012-yil Rossiya Bulava
2019-2020-yillarda Rossiya Bulava
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Klubda tahrir

Vyacheslav Ivanovich Grachev Sovet regbi maktabi tarbiyalanuvchisi, Toshkentning „Zvezda“ jamoasi tarkibida O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. 1990-yillarda Vyacheslav Rossiyada „Yenisey-STM“ klubida o‘ynagan va 2001-yilda uni tark etgan. Futbolchi 2000-yillar davomida Fransiya chempionatida ishtirok etgan. 2008-yilda esa tizzasidan jiddiy jarohat olganligi sababli uzoq vaqt o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan va faoliyatini deyarli yakunlagan. Ammo shu holatda ham 2012-yilgacha o‘ynagan.

Terma jamoada tahrir

Grachev milliy terma jamoa safida 73 ta o‘yin o‘tkazib, 155 ochko jamg‘argan. Futbolchi terma jamoadagi debyutini 1993-yil 6-iyulda Italiyaga qarshi kechgan o‘yinda o‘tkazgan. 2011-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan, Rossiya terma jamoasidagi eng keksa o‘yinchi bo‘lgan. Jahon chempionati rasmiy sayti maʼlumotlariga ko‘ra, Vyacheslav terma jamoaga o‘z tarixidagi eng tajribali futbolchi sifatida ruhiy kayfiyatni ko‘tarish uchun maxsus jalb qilingan.

murabbiylik karerasi tahrir

Vyacheslav Ivanovich 2012-yilda Bulava jamoasining murabbiyi bo‘lgan, ammo yil oxirida ushbu jamoa bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. 2014-yilda Grachev Rossiya terma jamoasi shtab-kvartirasida bu o‘ringa nomzod deb topilgan. 2019-yilda yana Bulavani boshqargan[1]. 2020-yil yozida Vyacheslav Grachev 2020/21-yilgi Rossiya chempionatining 7 turidan so‘ng jamoani tark etgan — jamoa faqat 1 ta g‘alabaga erisha olgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir