Vyacheslav Saakov
Vyacheslav Gegamovich Saakov (1939-yil 5-mart, Toshkent — 1997-yil 15-mart, Buxoro) — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yangi tipdagi shahar gidlari janrining asoschisi, Markaziy Osiyo tarixining koʻzga koʻringan tadqiqotchisi va targʻibotchisi, jurnalist va publisist.
Vyacheslav Gegamovich Saakov | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1939-yil |
Vafoti |
15-mart 1997-yil (58 yoshda) Buxoro |
Kasbi | tadqiqotchi, targʻibotchi, jurnalist, publisist |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Tarjimai hol
tahrir1939-yil 5-martda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Toshkentdagi 50-oʻrta maktabni bitirgandan soʻng V.I.Lenin nomidagi Oʻrta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.
1961-1962-yillarda Buxoro davlat oʻlkashunoslik muzeyida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
1962-1975-yillarda - S.K.Orjonikidze nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti assistenti, katta oʻqituvchisi, dosenti.
1955-1965-yillarda Buxoro viloyati sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.
1975-1979-yillarda viloyat “Sovet Buxorosi” gazetasi tahririyati mudiri.
1979-yildan - Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoat texnologiya instituti dotsenti, kafedra mudiri.
1992-yildan - O'zbekistondagi birinchi siyosatshunoslik kafedralaridan birining mudiri[1].
Bir qator xalqaro kongresslar a’zosi.
Bir qancha kitob, jurnal va gazeta maqolalar muallifi. Ayniqsa, miniatyura va hattotlik ilmiga bagʻishlangan kitoblar[2], zardoʻzlik san’ati[3], sayyohlar uchun qoʻllanmalar[4] va boshqa qator kitoblari alohida ajralib turadi.
V.G.Saakovning Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan shaxsiy kitoblar toʻplami kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi[5].
Orden va medallar bilan taqdirlangan.
Ikki farzandning otasi.
Saakov 1997-yil 15-martda Buxoroda nasroniylar qabristoniga dafn etilgan.
Saakovning kitoblar roʻyxati:
tahrirV.G.Saakov, U.X.Kamolov, A.A.Muzafarov. Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1973-yil.
V.G.Saakov, J.N.Namozov. Sovet hokimiyati yillarida Buxoro viloyatining sanoat rivojlanishi. - Toshkent, 1974-yil.
V.G.Saakov, A.A.Muzafarov. Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1979-yil.
V.G.Saakov, U.A.Asatov. Koʻhna yerning yangilanishi. - Toshkent, 1981-yil.
V.G.Saakov, A.A.Muzafarov, R.N.Reyxer Buxoro. Yoʻlboshlovchi. - Toshkent, 1987-yil.
V.G.Saakov. Buxoro me’morchiligi durdonalari. – Buxoro, 1991-yil.
V.G.Saakov. Yuzlab manzillar. - Toshkent, 1991-yil.
V.G.Saakov, X.S.Madrahimov, S.Badridinov. Qadimgi va oʻrta asrlarda Buxoro. - Moskva, 1993-yil.
V.G. Saakov. Buxoro tarixi adabiyoti.- Buxoro: “Buxoro”, 1996-yil.
Manbalar
tahrir- ↑ Сааков Вячеслав Гегамович // Кто есть кто в Центральной Азии? — centrasia.org
- ↑ Джураев Х. Х. История миниатюристов и каллиграфов Бухары (XIX—XX в.) // Вопросы истории. — Москва. — 2020. — № 7. — С.200-205.
- ↑ World science: problems and innovations. Сборник статей XVIII Международной научно-практической конференции. В 2 частях. 2018. — С.43-46.
- ↑ Пивоварова Н. В. История туризма в Таджикистане (XX — начало XXI вв.). Автореферат дис. … кандидата исторических наук / Ин-т истории, археологии и этнографии. — Душанбе, 2010.
- ↑ Каталог личных архивных фондов отечественных историков. — Москва, 2020.