Bosh menuni ochish

SKOTT (Scott) Valter (1771.15.8, Edinburg — 1832.21.9, Abbotsford) — ingliz yozuvchisi, tarixiy roman janrining asoschisi. 1799 yildan Selkirk grafligida sherif, 1806 yildan sud kotibi boʻlib ishlagan. Ilk asari — "Ivan oqshomi" (romantik ballada, 1800). Shotland xalq balladalarini toʻplab, 3 j.li "Shotland hududlari qoʻshiklari" toʻplamini (1803) nashr etgan. S. 9 doston, 26 roman, bir necha qissa hamda adabiytanqidiy va tarixiy asarlar muallifi.

S.ning 1745 yilda Angliyada roʻy bergan tarixiy voqea — yakobitlar quzgʻoloniga bagʻishlangan "Ueverli" romani (1814) unga katta shonshuxrat keltirgan. S. romanlari orasida shotland xalqi hayotidan olingan "Puritanlar" (1816) va "Rob Roy" (1—3j.lar, 1818) asarlari alohida ahamiyatga ega. Agar 1romanida 1660 yilda tarix sahnasiga qayta chiqqan styuartlar sulolasiga qarshi 1679 yilda koʻtarilgan qoʻzgʻolon tasvirlangan boʻlsa, "Rob Roy"da "shotland Robin Gudi" — xalq qasoschisi obrazi yaratilgan. S. romanlaridagi Ueverli va Roy Roy obrazlari, garchand markaziy qahramonlar hisoblansalarda, aslida birbiri bilan kurashayotgan turli siyesiy kuchlarni oʻzaro bogʻlovchi koʻprik vazifasinigina bajaradilar.

1819 yildan keyin S. ijodida roʻy bergan siljish natija I sida yozuvchi asarlarining mavzu doirasi ancha kengaygan. S. | Angliya, Fransiya, Oʻrta yer dengizi mintaqasidagi mamlakatlar hayotiga ham murojaat etgan. Oʻrta yer dengizi tevaragida yashovchi xalqlar hayoti S.ning "Tumor" (1825) va "Graf Robert Parijli" (1832) romanlarida oʻz ifodasini topgan. Angliyaning 12-asr oxiridagi, Fransiyaning Lyudovik XI davridagi tarixi bilan boglik voqealar esa "Ayvengo" (1—3j.lar, 1820), "Kenilvort" (1—4j.lar, 1823), "Vudstok" (1—3j.lar, 1826), "Pert guzali" (1828) romanlarida katta mahorat bilan talqin qilingan. Soʻnggi asarlari tarixiy roman janrining shoh namunalari hisoblanadi S. bu asarlarida Angliya va Shotlandiyada yagona milliy davlatning tashkil topish jarayonini kuzatish bilan birga (mas, "Ayvengo"da) jamiyatdagi turli qatlamlarning maishiy va maʼnaviy hayotini tasvirlashga (mas, "Kenilvort"da) katta eʼtibor bergan.

S.ning 20y.lar ijodida tanqidiy realizm ruhidagi "SentRonan soylari" (1—3j.lar, 1824) romanidan tashqari, tarixiy va tarixiy-adabiy mavzudagi "Napoleon Bonapart xayoti" (1—9j.lar, 1827), "Shotlandiya tarixi" (1—3j.lar, 1830), "Lord Bayronning oʻlimi" (1825) singari asarlari muhim oʻrin egallaydi. S. tarixiy roman janrining qonunqoidalarini ham joriy etgan. S. boshlab bergan tarixiy roman janri 19-asrning 2-yarmida Yevropa, 20-asr boshlarida Osiyo xalqlari adabiyotida keng rivoj topdi. Ayrim hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

ManbalarTahrirlash

  • Sobraniye sochineniy, t. 1—20. M.L., 196065.

AdabiyotTahrirlash

  • Pirson X., Valter Skott, M.. 1983.