Wang Song
汪嵩
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wang Song
Tavallud sanasi 12-oktyabr 1983-yil (1983-10-12) (40 yosh)
Tavallud joyi Guiyang, Guizhou, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9.7 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hebei Kungfu
(on loan from Sichuan Jiuniu)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2005 Sichuan First City 95 (13)
2006—2009 Chengdu Blades 105 (30)
2010—2014 Hangzhou Greentown 142 (26)
2015—2016 Guangzhou R&F 60 (3)
2017—2019 Jiangsu Suning 62 (7)
2020 Sichuan Jiuniu 14 (1)
2021Hebei Kungfu (Ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2011 Xitoy 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 31-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 31-oktyabr uchun)

Wang Song (talaffuzi: Van Sun) (1983-yil 12-oktabrda tug‘ilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoyning ikkinchi liga klubi „Hebei Kungfu“da oʻynaydi. U Xitoyning birinchi liga jamoasi „Sichuan Jiuniu“dan ijara asosida o‘tgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Wang Song futbolchilik faoliyatini 2001-yilgi mavsumda „Sichuan Quanxing“ jamoasida oʻynashdan boshlagan va 2005-yil mavsumi oxirida klub tarqalib ketgan. Keyin Wang ikkinchi divizion jamoasi Chengdu Blades klubiga qoʻshilgan, Chengduda u jamoa sardori etib tayinlangan. U 2007-yilgi mavsumda 24 oʻyinda oʻn yetti gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻlgan va klubga yuqori bosqichga koʻtarilishiga yordam bergan. 2008-yilgi liga mavsumining oxiriga kelib, u Chengduni ligada oʻn uchinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan. Ammo keyingi mavsumda klub quyi ligaga tushib ketgan va u 3 million yuan evaziga Hangzhou Greentownga oʻtgan[1].

Hangzhou klubi 2014-yilgi mavsum oxirida Wang bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan[2]. 2014-yilning 15-dekabrida Wang Xitoy Superligasi vakili Guangzhou R&F jamoasiga erkin agent sifatida oʻtgan[3]. 2015-yilning 10-fevralida u OChL-2015 saralash bosqichida Uorriors FCga qarshi klub safida debyut qilgan[4]. 2015 va 2016-yillarda har bir CSL oʻyinida ishtirok etganidan soʻng, u 2017-yil 25-yanvarda R&F bilan shartnomani uzaytirgan[5].

2017-yilning 28-fevralida Wang Superliga vakili „Jiangsu Suning“ga o‘tgan[6]. U 2017-yilning 5-mart kuni safarda „Shanghai Shenxua“ga qarshi o‘yinda (4:0) o‘z debyutini o‘tkazgan va tanaffusda Gao Tianyi o‘rniga maydonga tushgan[7]. 2017-yilning 2-aprelida u „ Liaoning FC“ga qarshi safarda 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Oʻsha oʻyinda u jamoa safida o‘zining birinchi golini kiritgan[8][9].

2019-yil 20-oktabrda Wang 68-daqiqada „Hebei China Fortune“ ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan va u Xitoy oliy divizionida (shu jumladan sobiq Jia-A ligasi) 416 o‘yin bilan rekordchiga aylangan[10].

2020-yilning 9-martida Wang „Sichuan Jiuniu“ga erkin agent sifatida oʻtgan[11]. U kelganidan soʻng klub Xitoyning Ikkinchi ligasida (Xitoy futbol ligasi tizimidagi uchinchi divizion) ishtirok etgan, ammo yuqori ikki diviziondagi koʻplab klublarning tarqatib yuborilishi va diskvalifikatsiyasi tufayli Jiuniu oxir-oqibat 2020-yilgi mavsumda Xitoy Birinchi ligasida ishtirok etgan.

Jiuniu bosh murabbiyi Li Yi bilan kelishmay qolgan Wang 2021-yilgi mavsumda klub uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2021-yil 30-iyulda Wang Xitoyning ikkinchi liga klubiga mavsumning qolgan qismida ijara asosida qo‘shilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

Wangni oʻsha paytdagi bosh murabbiy Vladimir Petrovich oʻz jamoasiga chaqirgan va u 2008-yilning 20-yanvarida Livanga qarshi oʻyinda (0:0) xalqaro debyutini amalga oshirgan[12]. Yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida oʻynagan Wang koʻpincha chap qanot yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sichuan First City 2001 Xitoy Jia-A Ligasi 3 0 0 0 - - 3 0
2002 24 3 1 0 - - 25 3
2003 25 5 3 0 - - 28 5
2004 Xitoy Super Ligasi 22 4 8 4 4 1 - 34 9
2005 21 1 1 1 2 0 - 24 2
Jami 95 13 13 5 6 1 0 0 114 19
Chengdu Blades 2006 Xitoy Birinchi Ligasi 24 2 0 0 - - 24 2
2007 23 17 - - - 23 17
2008 Xitoy Super Ligasi 29 6 - - - 29 6
2009 29 5 - - - 29 5
Jami 105 30 0 0 0 0 0 0 105 30
Hangzhou Greentown 2010 Xitoy Super Ligasi 29 6 - - - 29 6
2011 26 1 1 0 - 6 0 33 1
2012 30 8 2 1 - - 32 9
2013 28 8 1 0 - - 29 8
2014 29 3 0 0 - - 29 3
Jami 142 26 4 1 0 0 6 0 152 27
Guangzhou R&F 2015 Xitoy Super Ligasi 30 1 2 0 - 7 1 39 2
2016 30 2 5 0 - - 35 2
Jami 60 3 7 0 0 0 7 1 74 4
Jiangsu Suning 2017 Xitoy Super Ligasi 19 3 1 0 - 0 0 20 3
2018 19 1 1 0 - - 20 1
2019 24 3 2 1 - - 26 4
Jami 62 7 4 1 0 0 0 0 66 8
Sichuan Jiuniu 2020 Xitoy Birinchi Ligasi 14 1 - - - 14 1
Karyerada jami 478 80 28 7 6 1 13 1 525 89

Manbalar tahrir

  1. „国内转会终现重磅首单 汪嵩近300万正式加盟绿城“. sports.sina.com.cn (2010-yil 10-fevral). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.
  2. „杭州绿城官方宣布汪嵩合同到期将不再续约“. sports.163.com (2014-yil 10-dekabr). 2015-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  3. „广州富力官方宣布汪嵩正式加盟球队“. sports.sina.com.cn (2014-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  4. „亚冠资格赛-姜至鹏世界波富力3-0 将战澳洲队“ (zh). sina (2015-yil 10-fevral). Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  5. „关于广州富力足球俱乐部与球员汪嵩、肖智续约的公告-公告“. www.gzrffc.com.cn. 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  6. „苏宁转会截止日四千万敲定汪嵩“. sohu.com (2017-yil 28-fevral). Qaraldi: 2017-yil 28-fevral.
  7. „中超-两大腕+毛剑卿立功 特谢拉红牌申花4-0苏宁“. Sina (2017-yil 5-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
  8. „中超-黑风双煞齐破门汪嵩献世界波 辽足3-1苏宁“. Sina (2017-yil 2-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  9. „战老东家汪嵩无回避条款 连续16赛季进球成第一人“. Sina (2017-yil 20-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  10. „历史第一人!汪嵩第416次登场 还有一神迹望尘莫及“. Sina Sports (2019-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  11. „四川九牛官方宣布汪嵩加盟 老将归家继续身披33号“. Sina Sports (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.
  12. „China, PR Lebanon Friendlies 2008“. football-lineups.com (2008-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-sentyabr.