Wat Tyler qoʻzgʻoloni (Uot Tayler qoʻzgʻoloni) — oʻrta asrlarda Angliyadagi dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni (1381). Rahbarlari — Uot Tayler va Jon Boll. Koʻpchilik grafliklar hududini qamrab olgan. Iyunda qoʻzgʻolonchilar shahar kambagʻallari koʻmagida Londonga kirishgan. Qirol bilan muzokaralar chogʻida krepostnoy huquqni bekor qilinishini (Mayl-End dasturi), jamoa yerlarini qaytarilishini va tabaqaviy tenglikni (Smitfild dasturi) talab qilishgan. Muzokaralar chogʻida Uot Tayler qirol odamlari tomonidan xiyonatkorona oʻldirilgan. Qoʻzgʻolon bostirilgan.